Peruda ikki nafar ayol sunami qurboni bo‘ldi
Tonga orollari yaqinida Xunga-Xaapay vulqoni otilgani va Tinch okeani sohilida sunami to‘lqinlari kuzatilgani haqida xabar berilgan edi. Bugun Peru politsiyasi mamlakatning Lambayeke hududida tabiiy ofat tufayli ikki nafar ayol halok bo‘lganini ma’lum qildi.
– San-Martin politsiyasi tomonidan o‘lik holda topilgan ikki kishining o‘limi katta fojia, bundan afsusdamiz, – deyiladi politsiya bayonotida.
Tinch okeanidagi orollarda evakuatsiya ishlari olib borilmoqda. Masalan, Amerika Samoasida to‘lqinlar tufayli yuzdan ortiq oila Savayi orolidan xavfsiz joyga ko‘chirilgan.
Ustiga-ustak yaponiyalik meteorologlar ham balandligi uch metrgacha bo‘lgan sunami xavfidan ogohlantirgan. Xabarda aytilishicha, kamida 10 ta kema cho‘kib ketgan. Shu bois, 230 ming fuqaroni evakuatsiya qilish buyurilgan.