Pentagon rahbari Ukrainaga “Patriot” berilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset Vashingtonning Ukraina bo‘yicha siyosati o‘zgarmaganini aytdi. U matbuotda paydo bo‘lgan Pentagon Kiyevga “Patriot” tizimi berilishini paysalga solayotgani to‘g‘risidagi axborotlarni rad etib, bunday gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
Xegset tushuntirishicha, raketa tutuvchi muhim qurol masalasida AQSH avvalo o‘z armiyasini ta’minlashi kerak. U Ukrainaning kurashini “qahramonona” deb atab, avvalgi ma’muriyat davrida juda ko‘p yordam berilgani bois qurol zaxirasi kamayib ketganini eslatdi.
Hozir Prezident Donald Tramp zaxirani to‘ldirish bilan shug‘ullanish barobarida nizoni tinch yo‘l bilan hal qilishga ham intilayotganini qayd etdi. Shuningdek, Ukrainada “Starlink” tizimining harbiy shakli hisoblangan “Starshield” faoliyati sekinlashgani haqidagi da’voga ham to‘xtaldi. Ya’ni, Vashington bu borada hech qanday cheklov qo‘ymagan, yuzaga kelgan holat to‘liq kompaniyaning ichki qoidasiga bog‘liq.
Tramp 9-oktabr kuni narxni tushirish uchun Rossiya bilan dizel yonilg‘isi yetkazib berish bo‘yicha kelishib olgani, evaziga sanksiya vaqtincha yumshatilganini e’lon qilgan edi. 19-oktabrda esa u Vladimir Zelenskiy Moskva bilan kelishishni xohlamayotganini aytib, muzokarani boshqa odamga topshirish kerakligini ta’kidladi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA