Pentagon Fors ko‘rfazidagi Amerika harbiylarini kamaytirmoqchi
Pentagon Yaqin Sharqdagi mavjudligini baholamoqda. Bu Eron bilan urush AQSHning mintaqadagi harbiy ishtirokini o‘zgartirishi mumkinligidan dalolat beruvchi ilk belgi.
“The Washington Post” gazetasi rasmiylarni ham o‘z ichiga olgan 8 manbaga tayanib xabar berishicha, mudofaa vazirligi ko‘rib chiqayotgan asosiy masalalardan biri – Fors ko‘rfazidan qo‘shinni olib chiqish maqsadga muvofiqligi. Zero, AQSHning xorijdagi, xususan mintaqadagi yirik harbiy bazalari bir necha oy davomida Eron hujumiga uchragan.
Inshootlarga yetkazilgan zarar Pentagonga mintaqadagi mavjudlikni qayta baholash uchun imkon beradi. Mudofaa vazirligi allaqachon bazalarini mojarodan oldingi holatga qaytarmasligi ehtimolini ilgari surgan.
S.Rahimov, O‘zA