Huquqiy munosabat
Joriy yilning 1 martidan boshlab 60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga pensiyalar shu kunning o‘zida “avtomatik” tarzda, ya’ni biror-bir turdagi hujjat talab etmagan holda tayinlanadi. Shuningdek, pensiyaga chiqish jarayonlarida ayrim imtiyozlar ham belgilandi.
Bu haqda Toshkent davlat yuridik universiteti Kiberhuquq kafedrasi o‘qituvchisi Javohir Eshonqulov quyidagilarni ma’lum qildi.
–Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarni Ro‘yxatga kiritish zarurati haqidagi xodimlarning takliflari ikki nusxada tayyorlanib, ish beruvchi hamda korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga yuboriladi.
Ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va ish beruvchiga taqdim etish uchun Komissiya quyidagilarni tekshiradi.
Jumladan, ish joyining rejasi ishlab chiqarishlar, ishlar va uskunalar joylashgan korxonaning bosh loyihasiga mosligi, texnologik jarayonga, uskunalarni ishlatish bo‘yicha qoidalarga rioya etilgani, jihozlar, asboblar va uskunalar sozligi hamda jamoa va shaxsiy himoya vositalarining mavjudligi va yaroqliligi, himoya kiyimining mavjudligi va mosligini ko‘rib chiqadi.
Tekshirish vaqtida aniqlangan mehnat sharoitlarining belgilangan me’yorlarga nisbatan buzilishi holatlari va kamchiliklar attestatsiya o‘tkazilishiga qadar bartaraf etiladi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA