Pedagoglarning bilim va mahorati sinovdan o‘tkazilmoqda (video)
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida viloyat ta’lim muassasalari pedagoglari malaka (test) sinovlarini topshirmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, joriy yilning aprel-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagoglari malaka (test) sinovlaridan o‘tkazilishi belgilangan.
2024-yil 1-yanvardan boshlab tizim o‘qituvchilariga toifa berish jarayoni bevosita Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
Bunda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun vazirlik tomonidan yangi tizim yaratildi hamda malaka toifasini berish amaliyoti takomillashtirilib, inson omilisiz o‘tkaziladigan yangi tizim joriy qilindi.
[gallery-16973]
Amaliyotga joriy etilgan yangi tizim asosida malaka toifasini olish sinovlari ikki bosqichda tashkil etilmoqda.
Birinchi bosqichda – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi baholanadi. Bunda pedagoglarga mutaxassislik fani bo‘yicha 35 ta hamda kasbiy standartlariga oid 5 ta test savoli beriladi.
Ikkinchi bosqichda ishtirokchilarning pedagogik mahorati baholanadi. Jarayonda pedagoglar mahorati 10 ta savol-topshiriq orqali baholanadi.
Har ikkala bosqich ham kompyuterda real vaqt rejimida (onlayn) o‘tkaziladi. Buning natijasida tashqi aralashuvning oldi olinib, inson omili aralashuviga barham beriladi.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddilarining ta’kidlashicha, bugungi kunda attestatsiyada ishtirok etish uchun 19 ming 600 nafar pedagog onlayn ariza topshirgan bo‘lib, ularning 15 ming 445 nafari jarayonda ishtirok etishi kutilmoqda.
Sinov jarayonlarining sifatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida manzilda barcha sharoit yaratilgan.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/VidG3gbTaC0" title="Pedagoglarning bilim va mahorati sinovdan oʻtkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA