Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilingan kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi Shuhrat Bafoyev, universitet professor-o‘qituvchilar, faol talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Bayram munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlariga shu paytga qadar qo‘llanilgan intizomiy choralar universitet rektori tomonidan bekor qilindi. Asosiysi universitet professor o‘qituvchilari va barcha xodimlari moddiy rag‘batlantirildi. Tadbir davomida ularning eng faollari tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

Shu bilan birga rektor tomonidan universitetning barcha o‘quv binolaridagi, talabalar turar joylaridagi bufet va oshxonalar narxi 30% ga arzonlashtirildi.

Chin yetim, «Temir daftar», «Yoshlar daftari», «Ayollar daftari»da turuvchi talabalarga oshxonadan taom tanovul qilishlari uchun 50% chegirma ham taqdim etilmoqda.

Bundan tashqari imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va temir daftarda turuvchi 160 nafar talaba moddiy rag‘batlantirildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagogika universitetida Konstitutsiyamizning 29 yilligi munosabati bilan barcha intizomiy choralar bekor qilindi