Pedagog mahorati – o‘quvchilar yutug‘ida aks etmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi 7-umumta’lim maktabi viloyatdagi namunaviy ta’lim muassasalaridan.
Maktab 1961 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda bu yerda 4226 nafar o‘quvchi saboq olmoqda. Maskan o‘qituvchi va o‘quvchilari erishayotgan muvaffaqiyatlar mamlakatimiz miqyosida ham e’tirof etilayotir.
[gallery-19533]
Marina Jabbarova mazkur bilim o‘chog‘ida o‘n besh yildan buyon o‘quvchilarga ingliz tili fanidan dars beradi. Muallimaning fidoyiligi, yangicha pedagogik usullar ustida izlanishi, har bir darsni noan’anaviy tarzda tashkil etishi uning muvaffaqiyatlari omili bo‘lmoqda. Ko‘plab shogirdlari bilimdonligi bilan maktab shon-shuhratini yuksaklarga ko‘tarayotgani buning yaqqol namunasidir.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA