FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimini tajriba-sinovdan o‘tkazishga doir test jarayonlari o‘tkazildi.  

Jarayonda Boysun va Sherobod tumanlaridan 400 nafarga yaqin maktab o‘qituvchisi onlayn shaklda, jami 17 ta fandan shakllantirilgan test sinovini topshirdi.  

[gallery-15027]

Ushbu tajriba-sinov ishlari malaka sinovi materiallarining formati, baholash mezonlari, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt me’yorlari hamda boshqa muhim jihatlarni yanada takomillashtirish, aniqlangan kamchiliklar asosida malaka test jarayonlarini sifatli tashkil etish maqsadiga qaratilgan. Mazkur jarayonlarda ishtirok etgan pedagoglarning olgan natijalari ularning malaka toifalari yoki lavozimga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqishga ta’sir qilmaydi. Ushbu natijalar test topshiriqlarini yanada takomillashtirish va tahlil etishda foydalaniladi.

Tajriba-sinov test savollari va pedagogik mahorat bo‘yicha nazorat materiallari xorijiy mamlakatlar, xususan, Birlashgan Arab Amirliklari va Singapur tajribasi asosida ishlab chiqilgan.        

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagog kadrlarga malaka toifalari berishning yangi tizimi tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda