O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Unga muvofiq: 

maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari uchun yagona yondashuv asosida pedagog kadrlar tayyorlashni amalga oshirish;

pedagogik ta’lim sohasining ta’lim dasturlarini xalqaro ta’lim dasturlariga mos ravishda takomillashtirish hamda dual ta’lim shaklidan keng foydalanish; 

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish; 

Universitetni respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilash; 

respublikada pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yagona yondashuv asosida yangi sifat bosqichiga olib chiqish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimini joriy etish. 

Qarorga muvofiq, pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkaziladi. 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi pedagog kadrlar tayyorlash sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: 

yagona konseptual yondashuv asosida oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini yuritish; 

pedagogik ta’lim sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash; 

pedagogik ta’limning uzviyligi va uzluksizligini, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilishini ta’minlash; 

pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish; 

pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlari boshqaruv tizimini takomillashtirib borish.

Farmon bilan: 

Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi; 

Pedagogik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi. 

Universitetga xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan yo‘nalishlar uchun ularning talablaridan kelib chiqib, talabalarni qabul qilishda mustaqil ravishda qo‘shimcha va alohida imtihonlar (suhbat, test, insho, keys topshiriqlari va boshqalar) tashkil etishga ruxsat etiladi. 

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich: 

Universitetning boshqaruv tizimi "Yangi O‘zbekiston" universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi; 

Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, yuridik shaxs bo‘lmagan 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi; 

pedagogika oliy maktabi dekan tomonidan boshqariladi va ta’lim sifatini ta’minlash, pedagogika maktabini rivojlantirish, ilmiy faoliyatni boshqarish hamda ushbu yo‘nalishlarda xalqaro aloqalarni amalga oshirish uning asosiy vazifalari etib belgilanadi; 

akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yo‘lga qo‘yiladi hamda "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish" (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi; 

Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga birinchi kursdan xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi; 

xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan ta’lim yo‘nalishlarida xalqaro tajribalar asosida talabalar bilimini baholashning yangi tizimi joriy etiladi; 

mustaqil bilim olishga o‘rgatishga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim texnologiyalari pedagogik ta’lim amaliyotiga kiritiladi; 

xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Universitet va pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan ta’lim yo‘nalishlarida dars berish uchun professor-o‘qituvchilarni tanlab olish tizimi joriy etiladi. 

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida Universitetga mos ravishda boshqaruv tizimi takomillashtiriladi va xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tashkil etilib, sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. 

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika qilish tizimi joriy etiladi. 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pedagog kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi