"Paxtakor"ning iroqlik himoyachisi: "Meni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha o‘zbekistonliklarga katta rahmat"
Iroq terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralash pley-off finalida Boliviyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, hal qiluvchi bosqichga yo‘l oldi.
Hozirda "Paxtakor" sharafini himoya qilayotgan Zaid Tahsin mazkur bellashuvda to‘liq harakat qildi. UzA jurnalisti Karim Xudayqulov 25 yoshli markaziy himoyachidan mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganidan keyingi taassurotlari haqida so‘radi.
"Meni qo‘llab-quvvatlayotgan barcha o‘zbekistonliklarga katta rahmat. Juda mehribonsizlar. Bizning quvonchimizni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. 40 yil davomida Jahon chempionatiga bormaganimizdan so‘ng endi biz buni amalga oshirmoqdamiz!", - dedi Tahsin.
Ma’lumot o‘rnida, Iroq Jahon chempionatida "I" guruhida Fransiya, Norvegiya va Senegalga qarshi uchrashuvlar o‘tkazadi.