“Paxtakor” peshqadamga aylandi
Hozirgina Oʻzbekiston superligasining 2-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor” - “Paxtakor” uchrashuvi yakunlandi
Hozirgina Oʻzbekiston superligasining 2-turidan oʻrin olgan “Bunyodkor” - “Paxtakor” uchrashuvi yakunlandi. Derbi nomiga mos keskin kurashlarga boy tarzda oʻtgan oʻyinda “sherlar” 2-1 hisobida gʻalabaga erishdi.
Oʻyinni kutilmaganda yosh “qaldirgʻochlar” ancha dadil boshladi va nomdor raqibidan aslo hayiqmadi. Biroq baribir tajriba oʻz soʻzini aytdi. Doston Hamdamov hamda Dragan Cheranlar tomonidan kiritilgan ikki toʻpga “Bunyodkor” aʼzosi Mirjahon Mirahmadov bir marta javob qaytardi xolos. Shu tariqa “Paxtakor” ketma-ket ikkinchi gʻalabasini tantana qildi va Oʻzbekiston superligasi-2019da hozircha tanho peshqadam boʻlib turibdi.


