“Paxtakor“ nazorat oʻyinlarida maydonga tushadi
“Paxtakor“ jamoasi terma jamoalar uchrashuvlari bilan bogʻliq tanaffus davrida ikki nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
“Paxtakor“ jamoasi terma jamoalar uchrashuvlari bilan bogʻliq tanaffus davrida ikki nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Mashgʻulotlarga 6 oktyabr kunidan qaytgan “Sherlar” 10 va 15 oktyabr kunlari oʻyin amaliyotini saqlab turish maqsadida nazorat oʻyinini oʻtkazadi. “Soʻgʻdiyona“ va “Qizilqum“ klublariga qarshi oʻtadigan oʻyinlar Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, “Paxtakor“ jamoasi Superligadagi navbatdagi uchrashuvi oʻz maydonida 20 oktyabr “Lokomotiv“ga qarshi oʻtkazadi.