“Paxtakor” joy olgan “V” guruhida vaziyat qanday?
Kuni kecha Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida "Paxtakor" va Eronning "Traktorsoz" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 3:3 hisobida yakunlangani haqida xabar bergan edik.
"B“ guruhidan o‘rin olgan ushbu o‘yinda gollarni "Traktorsoz" safida Ashkan Dejaga hamda Muhammad Abboszoda (dubl) poytaxtimiz jamoasi darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, "Paxtakor"ning 3 goliga Dragan Cheran, Sharof Muhitdinov hamda Hojimat Erkinov mualliflik qildi. Jangovor durang qayd etilgan o‘yinda har ikki klub o‘z hisobiga 1 ochkodan yozdirib qo‘ydi.
Ushbu guruhdan o‘rin olgan "Sharja" (BAA) va "Al Quvu Al Javiya" (Iroq) jamoalari bahsida Xolid Bavazir tomonidan kiritilgan yagona gol sharjaliklarga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, hamyurtimiz Otabek Shukurov yorqin o‘yin namoyish etayotgan "Sharja" klubi ilk turdan so‘ng 3 ochko bilan “V” guruh peshqadamiga aylandi. Ikkinchi va uchimnchi pog‘onalarda bir ochko to‘plagan holda "Paxtakor" hamda "Traktorsoz" jamoalari borayotgan bo‘lsa, "Al Quvu Al Javiya" so‘nggi o‘rindan joy oldi.
Endi 17 aprel kuni "Paxtakor" – "Al Quvu Al Javiya" , “Sharja" – "Traktorsoz" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA