«Paxtakor» himoyachisi Shahzod Azmiddinov faoliyatini Quvayt chempionatida davom ettiradi
Quvaytning «Al-Salmiya» jamoasi 25 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi transferini rasman e’lon qildi.
Toshkentning «Paxtakor» klubi markaziy himoyachisi Shahzod Azmiddinov faoliyatini Quvayt Premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Quvaytning «Al-Salmiya» jamoasi 25 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi transferini rasman e’lon qildi.

Azmiddinov joriy mavsumning birinchi yarmini «sherlar» safida o‘tkazib, Superligada 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, u O‘zbekiston Kubogining guruh bosqichidagi barcha 3 ta o‘yinda ham ishtirok etgan edi.
Ma'lumot uchun, «Al-Salmiya» jamoasi ayni paytda Quvayt chempionati turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.