«Paxtakor» chempionlik kurashiga qo‘shildi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turi doirasidagi qoldirilgan «Neftchi» — «Paxtakor» bahsi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvning 16-daqiqasida Dostonbek Hamdamov hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqada Doniyor Abdumannopov jarima maydoni tashqarisidan ajoyib tarzda gol urdi va «Paxtakor» uchun muhim bo‘lgan g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi.



Shu tariqa, Maksim Shatskix shogirdlari birinchi davrani 22 ochko bilan 4-pog‘onada yakunlagan bo‘lsa, «Neftchi» 19 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi. Superligada «Nasaf» 26 ochko bilan karvonboshi sifatida bormoqda. «Metallurg» kichik tanaffusga bor-yo‘g‘i 7 ochko jamg‘argan holda jadvalning so‘nggi pog‘onasida chiqmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA