Andijon shahridagi "Bobur Arena" stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi tashkil etildi. Unda "Buxoro" va "Paxtakor" klublari o‘zaro raqobatlashdi.

Ushbu jamoalar bahsining birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi va hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limga kelib, "Paxtakor" futbolchilari o‘yin tizginini o‘z qo‘liga oldi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bahsdagi yagona golga Hojimat Erkinov mualliflik qildi. 

Shu tariqa, poytaxtimizning bosh jamoasi bo‘lgan "Paxtakor" O‘zbekiston kubogining 2025 yilgi g‘olibiga aylandi va kelasi yili Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. Darvoqe, "Paxtakor" mazkur musobaqadagi qo‘lga kiritgan kuboklari soni 14 taga yetdi.

"Bobur Arena" stadioniga O‘zbekiston kubogi final o‘yinini tomosha qilish uchun 6814 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Paxtakor" 14 karra O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi