Mahalliy va import qilingan yog‘lar orasida paxta yog‘i eng arzon o‘simlik yog‘i hisoblanadi. Aksariyat aholi iste’mol qiladigan paxta yog‘ida ishlatiladigan asosiy xomashyo — paxta texnik chigitidir. Texnik chigit tarkibidagi gossipol moddasi — tabiiy zahar hisoblanib, texnik chigitga belgilangan talablar asosida kerakli ishlov berilmaganda inson salomatligi uchun xavf tug‘diradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi, “O‘zstandart” agentligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda shu haqda batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanishicha, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Sanitariya-epidemiologik markazi, Tovar-xom ashyo birjasi hamda Inspeksiya huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi”dan olingan ma’lumotlar asosida shu kunga qadar 500 dan ortiq yog‘-moy korxonalarining ro‘yxati shakllantirilib, 264 tasida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, qarorda belgilangan talablar 40 ta yog‘-moy korxonasida ta’minlanganligi va 224 tasida ta’minlanmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Belgilangan talablar bajarilmagan korxonalarga jami 186 marotaba ta’sir choralari qo‘llanildi, 16 ta yog‘-moy korxonasi bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga materiallar kiritildi.

bugungi kunda import qilinayotgan yog‘-moy mahsulotlarining muvofiqligini baholash ishlarini mamlakatimiz hududiga kirmasdan oldin amalga oshirish va ushbu reglament asosida barcha yog‘-moy korxonalari aholi uchun xavfsiz bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlashi belgilandi.

– 2021 yil yanvar oyi holati bo‘yicha yurtimizda 500 dan ortiq yog‘-moy korxonasi faoliyat yuritadi, – deydi “O‘zagroinspeksiya” matbuot kotibi Xolida Shodiyeva. 

– Afsuski, ularning barchasini ham to‘laqonli yog‘-moy korxonasi, deb bo‘lmaydi. Ba’zilari uyning yerto‘lasida Xitoydan olib kelingan uskunalar yordamida paxta texnik chigitidan iste’molga yaroqsiz qora moy (paxta yog‘i) ishlab chiqarib, bozorlarda sotishmoqda. 

Aslida paxta chigitining po‘stlog‘ida inson nafaqat inson organizmi, balki chorva uchun ham xavfli bo‘lgan gossipol moddasi mavjud. Bu modda faqatgina chigit po‘stlog‘ida uchraydi va zaharli modda hisoblanadi. Ushbu moddani dezodoratsiyalash orqaligina me’yoriga tushirish mumkin. To‘liq texnologik siklda ishlanmagan paxta yog‘i insonlarda bepushtlik va jigar uchun xavfli bo‘lgan boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mutaxassislar tomonidan isbotlangan.

bugungi kunda paxta texnik chigitini to‘liq texnologik siklda ishlay olmaydigan yoki tayyor mahsulotlar uchun gigiyenik va muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lmagan 270 dan ortiq yog‘-moy korxonalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasiga Inspeksiya tomonidan taqdimnomalar kiritildi va ularning paxta texnik chigitini xarid qilish bo‘yicha birja savdolarida ishtirok etishining oldi olindi. Mazkur yog‘-moy korxonalari faoliyati to‘xtatildi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paxta yog‘i zararlimi?