Paxta urugʻchiligi: amalayot va samara
Jizzax viloyatida 2020-yil urugʻlik uchun ekilgan gʻoʻza maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish va sifatli urugʻlik jamgʻarmasini yaratishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar kengash oʻtkazildi.
Jizzax viloyatida 2020-yil urugʻlik uchun ekilgan gʻoʻza maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish va sifatli urugʻlik jamgʻarmasini yaratishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar kengash oʻtkazildi.
Viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi, “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat korxonasi bilan birgalikda tashkil qilgan seminarda “Jizzaxagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi Jizzax hududiy boʻlimi, Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti Jizzax ilmiy tajriba stansiyasi, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish va klaster tashkilotchilari rahbarlari va urugʻchi agronomlar, elita urugʻchilik laboratoriyasi mudirlari, urugʻchilik fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Ikki joyda – mintiqaviy shaklda oʻtkazilgan koʻrgazmali seminar ishtirokchilari Doʻstlik tumanidagi “Baxtiyorbek” urugʻchilik fermer xoʻjaligi va Paxtakor tumanidagi “Paxtakor elita urugʻchilik” masʼuliyati cheklangan jamiyatida urugʻlik paxta yetishtirish va tayyorlash tajribasi bilan tanishdilar.
Viloyat boʻyicha 2020-yil hosili uchun tender asosida tanlab olingan 277 ta fermer xoʻjaligining jami 78,1 ming gektar maydonida urugʻlik paxta yetishtirilmoqda. Jumladan, 20,3 ming gektarga “Sulton”, 21,2 ming gektarga “Buxoro-102”, 22 ming gektarga «An-Bayavut-2”, 8,9 ming gektarga “S-6524», 4,5 ming gektarga “Genofond-2” hamda 411 gektarga “Paxtakor” va “UzFA-707” kabi yangi navlar ekilgan.
Har yili paxta pishish davrida urugʻlik uchun ekilgan gʻoʻza maydonlarining navdorligiga baho beriladi. Gʻoʻzaning aprobatsiya qilishga oid qoʻllanmaga koʻra, aprobatsiya oʻtkazish davrida urugʻlik fondini yaratish uchun kasalliklar va zararkunandalarga chalinmagan, mahsuldor, nav tozaligi yuqori boʻlgan dalalar tanlanadi.
Aprobatsiya jarayonida urugʻlik maydonlarida kutilayotgan yalpi hosil, urugʻlik paxta miqdori, nav tozaligi, kasalliklar bilan zararlanish darajasi aniqlanadi. Urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda gʻoʻzalar vilt, (vertitsillioz, fuzarioz), gommoz kasalliklari hamda qishloq xoʻjalik zararkunandalari bilan zararlangan, kam hosilli, chanqatib qoʻyilgan, rivojdan orqada qolgan taqdirda ushbu maydonlar tegishlicha hujjatlashtirib, aprobatsiya oʻtkazish rejasidan chiqariladi.
2021-yil hosili uchun paxta yetishtiruvchi subyektlarni ertapishar, serhosil, navdorligi yuqori, genetik jihatdan sof, kasallik va zararkunandalarga chidamli, tola sifati Davlat standart talabiga javob beradigan rayonlashgan, istiqbolli va yangi gʻoʻza navlarining sifatli urugʻlik chigiti bilan taʼminlashda aprobatsiyani “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi qonun talablari asosida tashkil etish bugun nima ishlar qilinishi kerak?
Seminar kengashning yalpi majlisida “Gʻoʻza navdorligini aniqlash boʻyicha aprobatsiya oʻtkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”, “Gʻoʻza navlarini toʻgʻri joylashtirish va sifatli urugʻlik jamgʻarmasini yaratishda gʻoʻza aprobatsiyasining maqsad va vazifalari”, 2020-yil mavsumida urugʻlik paxtani qabul qilish va xoʻjaliklarni sara urugʻ bilan taʼminlash borasida paxta tozalash korxonalarida tayyorgarlik ishlarining borishi kabi sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan Oʻzbekiston fanlar akademiyasi ginetika va oʻsimliklar eksperemental biologiyasi instituti direktori Abdujalil Narimonov, “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi Jizzax hududiy boshqarmasi boshligʻi S.Anqayev, Agrosanoat majmuida ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi bosh inspektori Oʻrol Qarshiboyev va boshqalarning maʼruza va axbotlari tanglanib, muhokamalar boʻlib oʻtdi.
Seminar kengashda urugʻlik paxta ekilgan maydonlarda aprobatsiyani qonun talablari asosida oʻz muddatida sifatli amalga oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar qabul qilindi.