Paxta dalasidagi taqdirlar: keça va bugun
Paxta. Bu söz özbek xalqi hayotida şunçaki bir qişloq xöjaligi ekini emas, butun bir davr xotiralarini ham ifodalaydi. Bir paytlar paxta rejasini bajariş uçun odamlar qişning qirovli kunlarigaça dalalarda mehnat qilgan, talabalar, öqituvçilar, tibbiyot xodimlari ham terimga safarbar etilgan.
Bugun esa bu manzara tubdan özgardi. Paxtaçilikda ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnika, suv tejovçi texnologiyalar va raqamli nazorat tizimlari tobora keng qöllanilmoqda. Eng muhimi, sohada inson mehnatiga munosabat, fermerning yerga va öz mehnati natijasiga egalik tuyğusi ham yangiça mazmun kasb etmoqda.
Yaqinda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Özbekiston dehqon va fermerlari hamda barça qişloq xöjaligi xodimlariga yöllagan tabrigida joriy mavsumda 5 million tonnadan ziyod paxta xirmoni kötarilganini alohida mamnuniyat bilan taʼkidladi. Bu natija, avvalo, dalada mehnat qilayotgan dehqon va fermerlarning saʼy-harakatlari, agrar sohadagi özgarişlar va yangi texnologiyalarning samarasidir.

Biroq bugungi natijalarning qadrini anglaş uçun ötmişga ham nazar taşlaş kerak. Zero, paxtaçilikdagi bugungi özgarişlar keçagi oğir va ayançli xotiralar bilan qiyoslanganda yanada yaqqol namoyon böladi.
Sobiq tuzum davrida paxta rejasini bajariş davlat siyosati darajasiga kötarilgan, uning ortidan esa köplab insonlar taqdiri izdan çiqqan edi. Rejani töldiriş uçun qöşib yoziş, soxta hisobotlar, turli bosimlar va asossiz ayblovlar odatiy holga aylangan. “Paxta işi” nomi bilan tarixga kirgan qatağonlar tufayli qançadan-qança insonlar tergov qilindi, qamaldi, oilalar oğir sinovlarni boşdan keçirdi.
Şunday insonlardan biri Qaşqadaryo viloyati Şahrisabzlik Majid Rahimov edi. U 1949-yilda Şahrisabz tumanidagi Saksonkapa qişloğida tuğilgan. “Engels” kolxozida turli lavozimlarda, jumladan, rais örinbosari sifatida işlagan.
1985-yil 14-noyabrda unga nisbatan Özbekiston SSR Jinoyat kodeksining bir qator moddalari böyiça xizmat vazifasini suiisteʼmol qiliş, xizmat soxtakorligi hamda davlat va jamoat mulkini talon-toroj qilişda iştirok etiş ayblovlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Qaşqadaryo viloyat sudining 1986-yil 2-apreldagi hukmi bilan yetti yilga ozodlikdan mahrum etiş, mol-mulkini musodara qiliş va ikki yil muddatga mansabdorlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Oradan yillar ötib, Özbekiston SSR Oliy sudi Prezidiumining 1991-yil 5-apreldagi qarori bilan uning harakatlarida jinoyat alomatlari yöqligi sababli jinoyat işi tugatilib, oqlangan.

Bu yillarning oğirligini esa uning oilasi, ayniqsa, turmuş örtoği Matluba Karimova hanuzgaça oğriq bilan eslaydi.
- Turmuş örtoğim “Engels” kolxozida turli lavozimlarda işlagan, rais örinbosari ham bölgan. Öşa vaqtda respublika rejasi bajarilmagani uçun ularga paxtani qöşib yoziş topşirilgan. Rahbarlarning körsatmasini bajarişgan. Köp ötmay paxta işi böyiça tergov boşlanib, turmuş örtoğim ham boşqalar qatori javobgarlikka tortildi. Tergov işlari poytaxtda olib borildi. Ikki yarim yil tergovga qatnaşdi, yana şunça vaqt qamoqda böldi, - deydi Matluba xola.

Uning aytişiça, bu orada oilaning butun taşvişi yelkasiga tuşgan. Bolalar hali yoş, rözğorni tebratadigan yagona odam esa qamoqda edi. Qaynonasi közi ojiz, qaynotasi esa yoşi töqsondan oşgan.
- Juda qiynaldik. Bittagina sigirimiz bor edi, bolalarni şuning suti bilan boqdim. Qaynotamning pensiyasi kelganda bir kilogramm göşt olardik. Erim qamalganidan keyin uyimizni ham tintuv qilişdi. Lekin heç qanday ayblovga asos böladigan narsani topa olmadi. 1985-yildan 1990-yilgaça bölgan davr biz uçun juda azobli ötdi, - deydi u.
Majid Rahimov oqlanganidan keyin yana kolxozda mehnat faoliyatini davom ettirdi. Ferma mudiri, agronom bölib işladi. Oilasi bilan farzandlarini voyaga yetkazdi, ularni uyli-joyli qildi.

- Şukrki, oqlanib çiqdilar. 52 yil birga yaşadik, farzandlarimizni kamolga yetkazdik. Katta öğlim bugun fermerlik bilan şuğullanadi, otasining işini davom ettiryapti. Hozirgi paxtaçilik bilan öşa davrni aslo qiyoslab bölmaydi. Ilgari kolxozda işlaydigan odam söroqsiz işdan qololmasdi. Bugun esa dasturxonimiz tökin, hayotimiz tinç. Otasi körmagan yaxşi kunlarni bolalarimiz köryapti, - deydi Matluba xola.
Bugun paxtaçilikdagi asosiy maqsad faqat köproq maydonga çigit ekiş emas, balki mavjud yer va suv resurslaridan oqilona foydalanib, yuqori hosil olişdan iborat. Şu bois keyingi yillarda sohada ilmiy yondaşuv, resurstejamkor texnologiyalar va mexanizatsiyalaştirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Qaşqadaryo viloyatida 2026-yilgi paxta yiğim-terimi mavsumi natijalari ham bu jarayonning amaliy ifodasi bölmoqda.

Joriy yilda viloyatdagi 6 ming 63 ta fermer xöjaligi va 17 ta paxta-töqimaçilik klasteri tomonidan 129 ming 300 gektar maydonda ğöza parvarişlandi. Mavsum avvalida 614 ming tonna paxta topşiriş böyiça fyuçers va forvard şartnomalari imzolangan edi. Daladagi saʼy-harakatlar natijasida belgilangan reja 104 foizga bajarilib, xirmonga 637 ming tonnadan ziyod paxta qabul qilindi. Ayni paytda ayrim maydonlarda terim işlari davom etmoqda.
Bu natijalarga erişişda agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va töğri taşkil etiş, yangi navlar hamda zamonaviy yetiştiriş usullarini qöllaş muhim ahamiyat kasb etdi. Xususan, xorijiy navli uruğlardan foydalanib, tomçilatib suğoriş texnologiyasi asosida “Şinjon usuli”da parvarişlangan maydonlarda gektaridan 90–100 sentnerdan ortiq hosil olindi.
Paxtaçilikdagi yana bir muhim özgariş — terim jarayoniga zamonaviy texnikalarning keng jalb etilayotganidir. Joriy mavsumda viloyat dalalarida jami 290 ta paxta teriş maşinasi işlatildi. Ularning 158 tasi «FM World», 115 tasi «Boshiran», 14 tasi «John Deere» va 3 tasi «Dongfeng» rusumli texnikalardir.

Eʼtiborlisi, joriy yilning özida «Özagrolizing» aksiyadorlik jamiyati viloyat filiali orqali fermerlarga lizing asosida yana 67 ta yangi paxta teriş maşinasi yetkazib berildi. Bu esa terimni qisqa muddatlarda, hosil nobudgarçiligini kamaytirgan holda taşkil etiş imkonini kengaytirdi.
Darhaqiqat, fermerlikning bugungi qiyofasi özgarmoqda. Ilgari asosiy eʼtibor köproq hosil yetiştirişga qaratilgan bölsa, endi uning tannarxi, mehnat unumdorligi, suv va yoqilği sarfi, mahsulotni qayta işlaş hamda qöşimça daromad manbalarini yaratiş ham muhim omilga aylandi.
Bu özgarişlar Kasbi tumani misolida ham közga taşlanadi. Tumanda paxtaçilikda yangi ekiş sxemalari va suv tejovçi texnologiyalardan foydalaniş kengaymoqda.
“Özagroinspeksiya”ning Kasbi tuman bölimi boşliği Erkin Ergaşevning maʼlum qilişiça, joriy yilda tumanda 18 ming 700 gektar maydonda ğöza parvarişlanib, 95 ming tonna paxta yetiştiriş belgilangan. Şundan 4 ming 600 gektar maydonda “Şinjon usuli” qöllanilgan. Hosilni yiğib olişda 30 ta paxta teriş maşinasi iştirok etmoqda. Tuman böyiça paxta olti qabul maskanida qabul qilinmoqda. Ayni paytgaça belgilangan reja ortiği bilan bajarilgan.

Kasbi tumani Paxtakor hududidagi “Şonazar ota Avazmurodov” fermer xöjaligi rahbari Ilyos Nafasov ham yangi texnologiyalar samarasini öz tajribasida sinab körgan fermerlardan. U 15 yildan ortiq fermerlik faoliyati davomida bu yil anʼanaviy usuldan voz keçib, ğözani yangi ekiş sxemasi asosida parvarişladi.
- Joriy yilda 20 gektar maydonga “Xitoy-72” navli ğöza ekib, 76 santimetrlik sxema asosida parvarişladik. Ilgari 90 santimetrlik sxema böyiça ekardik, hosildorlik gektariga 30–35 sentnerdan oşmasdi. Bu yil esa yangi yondaşuv va tomçilatib suğoriş texnologiyasi natijasida gektaridan 60 sentnerdan ziyod hosil oldik. Eng katta farq köçatlar sonida ham körinadi: avvalgi usulda gektariga 140–150 ming tup köçat joylaşgan bölsa, yangi sxemada bu körsatkiç 220–240 ming tupga yetdi. Buning natijasida yerdan foydalaniş samaradorligi oşdi, - deydi Ilyos Nafasov.
Fermerning bu fikrlari paxtaçilikda har bir agrotexnik tadbirning ahamiyati katta ekanini körsatadi. Texnologiyani töğri tanlaş, suvdan tejamkor foydalaniş va ğöza parvarişini ilmiy asosda taşkil etiş hosildorlikka bevosita taʼsir körsatmoqda.
Paxtaçilik samaradorligi faqat daladan olingan hosil bilan ölçanmaydi. Yetiştirilgan xomaşyoni çuqur qayta işlaş, undan tayyor mahsulot işlab çiqariş va yangi iş örinlari yaratiş ham tarmoqning iqtisodiy salohiyatini belgilaydi.

Qaşqadaryoda bu boradagi işlar «Sulton Tex Group» masʼuliyati çeklangan jamiyati faoliyati misolida ham namoyon bölmoqda. Korxona direktori Yorqin Avlayorovning aytişiça, klaster joriy yilda viloyatning 11 ta tumanidagi 1 ming 300 dan ortiq fermer xöjaligi bilan şartnomaviy munosabatlar örnatgan.
Hozirga qadar klasterning 8 ta paxta qabul qiliş maskani va 2 ta paxta tozalaş zavodida jami 50 ming tonna xomaşyo qabul qilingan.
Eʼtiborlisi, korxona faqat paxtani qabul qiliş va dastlabki qayta işlaş bilan çeklanmaydi. Uning tarkibida ikkita ip-kalava fabrikasi, töquv va mato böyaş fabrikalari, bir neçta tikuv sexlari faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, çigitni qayta işlaş orqali ösimlik yoği işlab çiqaradigan zamonaviy yoğ-moy korxonasi ham mavjud.
Bugun esa fermerlar zamonaviy texnikalar yordamida hosilni yiğib oliş, tejalgan vaqt va mablağ hisobidan boşqa yönalişlarda ham tadbirkorlikni rivojlantiriş imkoniyatiga ega. Paxta qabul qilişda elektron tarozilar va laboratoriyalarning raqamli tizimga ulanişi fermer manfaatlarini himoya qilişga xizmat qilmoqda.
Bir vaqtlar paxta xirmonini köpaytiriş uçun odamlar soğliği, vaqti va oilaviy osoyiştaligi hisobidan mehnat qilingan bölsa, bugun asosiy eʼtibor inson mehnatini yengillaştiriş, yer va suvdan unumli foydalaniş, yuqori hosildorlikka erişişga qaratilmoqda.
Paxta dalasidagi eng katta özgariş ham, aslida, şu. Endi hosilning barakasi faqat xirmonning balandligi bilan emas, uni yetiştirgan insonning qadri, mehnati samarasi va turmuş farovonligi bilan ham ölçanmoqda.
Ölmas Barotov, ÖzA muxbiri