Tibbiyot xodimlari kuni

Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini muassasalari aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan patronaj tadbirlarining asosiy ob’ekti hisoblanadi.  

Xo‘sh, ushbu tizimda o‘tkaziladigan skrining tekshiruvlarida patronaj hamshirasining ishtiroki qay darajada?  

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, patronaj hamshiralar hududdagi 2-10 yoshdagi bolalarning elektron ro‘yxatini shakllantiradi. Ushbu ro‘yxatdan gelmintoz kasalligi bilan dispanser nazoratida turganlarni ajratadi. Qolgan bolalarni skriningdan o‘tkazish tarmoq rejasini kunlik, haftalik, oylik va yillik ko‘rinishda tuzadi va reja asosida bolalarni skriningga taklif qiladi.  

Shuningdek, mazkur kasb egalari tomonidan  hududdagi 3-18 yoshlardagi bolalar ro‘yxati bir yilda bir marta skriningdan o‘tkazish maqsadida tuzib chiqiladi. Ulardan onkogematologik kasalligi bilan dispanser nazoratida turganlar ajratiladi. Qolgan bolalarni skriningdan o‘tkazish tarmoq rejasini ishlab, ularni reja asosida skriningga taklif qiladi.  

40 va undan yuqori yoshdagi aholi toifasidagi ro‘yxatdan gipertoniya, yurak-ishemik kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi va qandli diabet bilan nazoratda turganlarni ajratadi. Kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha skriningdan o‘tishi kerak bo‘lgan aholining elektron ro‘yxatini tayyorlaydi va ularni tarmoq rejasi asosida skriningga chaqiradi.  

35-55 yoshli ayollarda bachadon bo‘yni saratoni hamda 45-65 yoshli ayollarda ko‘krak bezi saratoni skriningi o‘tkazishda tegishli ro‘yxatni shakllantiradi. Dispanser nazoratida turganlarni ro‘yxatdan ajratgan holda skriningdan o‘tishi lozim bo‘lgan aholining elektron ro‘yxatini tibbiy brigada boshlig‘i – oilaviy shifokorga taqdim qiladi. 

Reja asosida aholi kontingentini tekshiruvoldi tartib-qoidalar bilan tanishtirgan holda tekshiruvga chaqiradi. Xavf guruhlarini aniqlaydi, ular mavjud bo‘lganda shifokoroldi ko‘rigi xonasiga yuboradi.  

Patronaj hamshiralari aholi orasida tuberkulyoz infeksiyasi xavf guruhlarini aniqlaydi. Bunda sil kasalligining barcha turlari bilan og‘rigan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar, surunkali kasalliklarga chalinganlar, OIV infeksiyasi bilan yashaydigan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga asosiy e’tiborni qaratadi. Xavf guruhiga mansub aholi ro‘yxatini ishlab chiqadi.  

Flyurografiyadan o‘tishi zarur bo‘lganlar uchun tarmoq rejasini tuzadi va ularni ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarga tekshiruv uchun yo‘naltiradi. Harakatlanishi cheklangan shaxslarning Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari bilan mobil hamda portativ flyurografiya ko‘riklaridan o‘tkazilishini ta’minlaydi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Patronaj hamshiralarning vazifalari nimalardan iborat?