Patentlar uçun davlat bojini oldindan tölaş imkoniyati yaratilmoqda
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi ikkinçi öqişda muhokama qilindi.
— Mazkur qonun loyihasi intellektual mulk sohasida huquqiy muhofaza va himoya mexanizmlarini yanada takomillaştiriş, tadbirkorlik subʼektlari va investorlar uçun qulay huquqiy muhit yaratiş, maʼmuriy tartib-taomillarni soddalaştirişga qaratilgan, — B.Töxtamurodov. — Qonun loyihasi bilan xizmat vazifalarini bajariş jarayonida xodim tomonidan yaratilgan asarlar yoki dasturiy mahsulotga bölgan mulkiy huquqlarni tartibga solişda tomonlarning şartnomaviy erkinligi taʼminlanmoqda. Xususan, xizmat asarlariga oid mulkiy huquqlarning ön yildan keyin avtomatik ravişda muallifga ötişi haqidagi norma bekor qilinib, mazkur munosabatlarni şartnoma asosida belgilaş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, hujjatda intellektual mulk obʼektlari böyiça davlat ekspertizasi qarorlaridan norozi bölgan şaxslarga Apellyatsiya kengaşiga murojaat qiliş bilan bir qatorda bevosita sudga murojaat qiliş huquqi berilmoqda. Bu fuqarolar va tadbirkorlarning sud orqali öz huquqlarini himoya qiliş imkoniyatini kengaytirişga xizmat qiladi.
Bundan taşqari, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi va seleksiya yutuqlariga oid patentlarning amal qilişini saqlab qoliş uçun davlat bojini oldindan tölaş imkoniyati ham yaratilmoqda. Bu huquq egalari uçun qöşimça qulayliklar yaratiş hamda intellektual mulk obʼektlaridan samarali foydalanişni taʼminlaşga imkon beradi, — dedi deputat.
Muhokamalarda taʼkidlanganidek, qonun loyihasining qabul qilinişi intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza qiliş va himoya qiliş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş, mahalliy hamda xorijiy investorlar uçun işonçli huquqiy muhit yaratiş, innovatsion faoliyatni rağbatlantiriş hamda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Muhokamalardan söng qonun loyihasi ikkinçi öqişda qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Muhtarama Komilova,
ÖzA