Pashinyan: Armaniston Rossiya bilan do‘stona munosabatlar tarafdori
Yaqinda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan matbuot anjumanida Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro hurmatga asoslangan do‘stona munosabatlar o‘rnatishni xohlashini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston hukumati Rossiya bilan ziddiyat va qarama-qarshilikni istamaydi. Shuningdek, Pashinyan Armanistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)ga munosabati haqida ham to‘xtalgan.
– Bizning a’zoligimizni “muzlatib” qo‘ygandan ko‘ra, KXSHTdan chiqishimiz ehtimoli ko‘proq, - dedi u.
2024 yil fevralida Pashinyan Armaniston KXSHTdagi ishtirokini “muzlatib” qo‘yganini ma’lum qilgan edi.
Mart oyida Yerevan KXSHTni moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi. Biroq tashkilot bosh kotibi Imangali Tasmagambetovga ko‘ra, Armaniston bilan amaliy aloqalar saqlanib qolgan.
S.Rahimov, O‘zA