Mazkur toʻgarakda Quyi Chirchiq tumanidagi ijodga ishtiyoqmand yoshlar uchun mashgʻulotlar olib boriladi.

 Yoshlarga oid davlat siyosati amalda

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimligi qoshida tashkil etilgan “Parvoz” adabiy toʻgaragi tarkibida yigʻilgan oʻquvchi yoshlarning niyatlari, adabiyot yoʻlidagi ishtiyoqlari ham parvozga shaylangan qushlar kabi baland.

Xususan, tumandagi “Beruniy” mahalla fuqarolar yigʻinida mazkur toʻgarakning yaqindagina nashr etilgan toʻplami taqdimotiga bagʻishlangan adabiy tadbirda ishtirok etganlar tuman yoshlarining ana shunday yutuqlariga guvoh boʻldi.

Mazkur toʻgarakda Quyi Chirchiq tumanidagi ijodga ishtiyoqmand yoshlar uchun mashgʻulotlar olib boriladi. Har bir darsda yoshlar ijodi boʻyicha fikrlar, saboqlar berilib, ustoz adiblarning asarlari mutolaa qilinadi. Adabiy darslarni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Nargiza Asadova olib boradi. Bu yil tuman hokimligi homiyligida ushbu toʻgarakning ilk toʻplami chop etildi. “Parvoz” nomi ostida nashr etilgan kitobga tumandagi 25 nafar oʻquvchining ijodiy ishlari jamlangan.

Kitob taqdimotida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, shoir Botirjon Ergashev, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, shoirlar Nargiza Asadova, Zohidjon Olov, Toshkent viloyati Yozuvchilar uyushmasi “Ijod” jamoat fondi boshligʻi Ulugʻbek Kabilov, tuman hokimligi masʼullari ishtirok etdi.

Tuman madaniyat uyi qoshidagi badiiy jamoalar chiqishlari, toʻgarak aʼzolari boʻlmish yosh qalamkashlarning sheʼrlari tadbirga bayramona tus berdi. Tadbirdan soʻng tuman hokimligi hamda Xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan yoshlarga faxriy yorliq va tashakkurnomalar taqdim etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Parvoz”ning ilk parvozi
Жамият
17:05 / 27:10:2020