Partiya faollari yoshlar bilan uchrashdi
OzLiDeP Samarqand viloyati kengashi hamda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hamkorligida "Yangi O‘zbekiston – uchinchi Renessans sari!" shiori ostida tadbir uyushtirildi.
Unda saylov qonunchiligi shuningdek, saylovlarda yoshlarning o‘rni va ishtiroki haqida so‘z bordi.
– Saylovlar butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning orzu-intilishlarini ifoda etib, ular uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi, deb ishonaman, – dedi Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori Xudaynazar Yunusov. – Bu yil O‘zbekistondagi saylovchilarning qariyb 33 foizini yoshlar tashkil etadi. Institutimiz talabalari ham saylovda faol ishtirok etib, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishadi.

Tadbirda OzLiDeP viloyat kengashi siyosiy ta’lim markazi rahbari Jamila Sayfiddinova so‘zga chiqib, partiyaning maqsad va vazifalari, yaqinlashib kelayotgan saylov jarayonida partiya a’zolarining burch va majburiyatlari, partiya safiga a’zo bo‘lish tartibi to‘g‘risida yoshlarga batafsil tushuncha berdi.

Uchrashuvda faol talaba yoshlarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zA