Partiya faollari paxtakorlar huzurida
Dehqonlarning mehnati mahsuli paxtani nest-nobud qilmay, yigʻib-terib olishda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi ham faol ishtirok etmoqda.
Dehqonlarning mehnati mahsuli paxtani nest-nobud qilmay, yigʻib-terib olishda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi ham faol ishtirok etmoqda.
Partiyaning viloyat va shahar kengashining bir guruh xodimlari partiyaning faol aʼzolari Aziz Suvonov, Ikromjon Shodiyev va Aziza Aminovalar homiyligi bilan “Hormang, paxtakorlar!” loyihasi doirasida paxtakorlarga koʻtarinkilik ulashish, ularning mehnatlarini munosib ragʻbatlantirish, pirovardida gʻoyalarini targʻib etish maqsadida koʻngilochar-targʻibot tadbiri tashkil etdi.
Targʻibotchilar guruhi Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Zafar baraka” fermer xoʻjaligi dalasida boʻlib, terimchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Yigʻim-terimda faol ishtirok etayotgan ilgʻor terimchilar homiylar tomonidan oziq-ovqat jamlanmalari hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Ayniqsa, shu yerning oʻzida musiqiy dastur tashkil etilgani terimchilarga xush kayfiyat bagʻishladi.
Shuningdek, partiya faollari Karmana tumani Narpay qishlogʻi “Feruzabonu Navoiy” fermer xoʻjaligida paxta terayotgan terimchilar yonida ham boʻlishib ular bilan suhbatlashishdi. Oʻz xohish-istagi bilan koʻngilli boʻlib paxta terayotgan paxtakorlar ichidan eng ilgʻor oʻntalik tashkil etilib, bu oʻntalikka kirgan terimchilarga ham oziq-ovqat jamlanmalari va sovgʻalar ulashildi.
Darhaqiqat, partiya viloyat kengashining paxta dalalarida tashkil etayotgan koʻngilochar targʻibot tadbirlari mehnatkash xalqimizga koʻtarinkilik ulashish barobarida, “Yaxshi dam — mehnatga hamdam” deganlaridek, ularning kuchiga kuch, gʻayratiga gʻayrat qoʻshmoqda.