O‘zbekiston “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi R.Mahmudova rahbarligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

Partiya faollari, senatorlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, shahar va tuman Kengashlari deputatlari, “Ayollar va yosh adolatchilar” qanoti a’zolaridan iborat ishchi guruh dastlab Nukus shahridagi yangidan qurilayotgan “Ona va bola” klinikasi atrofiga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasida ishtirok etdi.

Yurtimizda tabiatga ehtirom, yashil muhitga bo‘lgan e’tibor azaliy qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi. Xalqimiz azaldan imorat qurishdan avval, uning atrofini obod etish, daraxt ekish orqali yashil makonga aylantirishga e’tibor qaratgan. Ushbu fazilatli an’ana bugungi kunga kelib ham davom etmoqda. Shuningdek, mazkur ruhiy-ma’naviy an’analar yangi mazmun-mohiyat kasb etib, mamlakatimizdagi har bir qurilish va obodonlashtirish ishlarida tabiatni asrashga alohida e’tibor berilmoqda. Mazkur “Ona va bola” klinikasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, uning atrofini obod qilish, hududda sog‘lom ekologik muhit yaratish maqsadida partiya tashabbusi bilan turli xil mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari tashkil etildi.

[gallery-23371]

Robaxon Maxmudova ushbu tadbirda ishtirok etayotib, yashil muhitni yaratishning ahamiyatini alohida ta’kidladi. 

–Yosh avlodga sog‘lom muhit qoldirish, musaffo havo, soya-salqin bog‘lar barpo etish har birimizning fuqarolik burchimizdir. Daraxt ekish bu shunchaki tadbir emas – bu kelajakka investitsiya, farzandlarimiz hayotiga bag‘ishlangan ehtirom va mas’uliyat timsolidir”, – dedi partiya rahbari.

Shu kuni klinika hududidagi bo‘sh yerlarga mevali va go‘zal manzarali daraxtlar ekildi. Bu nafaqat hududni chiroyli va qulay muhitga aylantiradi, balki bemor bolalar va ularning yaqinlari uchun ham ruhiy taskinlik baxsh etadi.

“Adolat” partiyasi tabiat va inson salomatligini bir butun deb qaraydi. Partiyaning saylovoldi dasturida ham yashil muhitni saqlash, ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar alohida o‘rin olgan.

“Yashil makon” loyihasining ahamiyati shundaki, u nafaqat ekologik muhitni yaxshilaydi, balki inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yashil maskanlar, istirohat bog‘lari qancha ko‘p bo‘lsa, aholida shuncha ruhiy xotirjamlik va dam olish imkoni paydo bo‘ladi. 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Partiya faollari ko‘chat ekish aksiyasida qatnashdi