FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi “Turg‘unboy Jo‘raboy Munavvar” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida paxta-g‘alla yetishtirishdan tashqari parrandachilik  yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni paytda xo‘jalikda 20 mingta jo‘ja parvarishlanmoqda. Ma’lumki, jo‘jalar 40 kun davomida to‘liq yetilib, o‘rtacha 4,5–5 kilogrammgacha vazn to‘playdi. Hozirgi kunda ushbu mahsulotning bir kilosi mahalliy bozorda 25 ming so‘mdan sotilayotir.

[gallery-24054]

Fermer xo‘jaligi rahbari Husanboy Usmonovning ta’kidlashicha, parrandachilik yo‘nalishidan yiliga 300–400 million so‘mgacha daromad olinmoqda.  

– Maqsadimiz – zamonaviy va yuqori daromadli agrar ishlab chiqarish turlarini ko‘paytirib, mahalliy aholi bandligi va oziq-ovqat mahsulotlarining barqarorligiga hissa qo‘shishdir, - deydi Husanboy Usmonov.

Ma’lumot uchun. Fermer xo‘jaligi joriy yilda davlatga g‘alla sotish shartnoma rejasini oshig‘i bilan bajardi

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parrandachilik – sermahsul va qulay tarmoq