Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari birgalikda “Taraqqiyot bloki”ni tashkil etdi.

Quyi palataning bugungi majlisida dastlab har ikkala fraksiyaning  “Taraqqiyot bloki”ni tashkil etish to‘g‘risidagi bayonoti haqidagi masala ko‘rib chiqildi.  

Mazkur masala yuzasidan so‘zga chiqqan O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Hayitov “Taraqqiyot bloki” parlamentarizm tarixida muhim qadam ekanligini ta’kidladi:  

— Parlamentda ko‘pchilikni tashkil etgan har ikkala fraksiyamiz partiyalarimizning dasturiy vazifalari, siyosiy g‘oyalari yaqinligidan kelib chiqqan holda “Taraqqiyot bloki”ni tuzdi. Mazkur blok doirasida xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, uni amalga oshirishga qaratilgan hukumat dasturini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz. Strategiyani hayotga tatbiq etishda birgalikdagi kuch va bor imkoniyatlarimizni safarbar etamiz, — dedi O‘zLiDeP yetakchisi.  

Shundan so‘ng “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov so‘zga chiqib, bugungi globallashuv sharoitida blokka birlashishning ahamiyati xususida to‘xtaldi:  

–  Bugungi global keskin bir vaziyatda mamlakatimizda milliy manfaatlarimizni himoya qilishda barcha hokimiyat organlari hamjihat bo‘lishi lozim. Parlament tabiiyki, xalqning takliflarini shakllantiradigan maydon. Shu maqsadda bu yerda turli tortishuv va munozaralar, bahslar bo‘ladi.    

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining avvaldan birgalikda harakat qilish bo‘yicha tajribasi bor va bu o‘z samarasini ko‘rsatgan. “Taraqqiyot bloki” o‘ng kuchlarning blokidir. Biz O‘zbekistonni rivojlanayotgan davlatlar to‘lqinida bo‘lishini xohlaymiz. Bu yo‘lda alohida prinsipimiz bor — ya’ni, har qanday taraqqiyot milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga tayangan holda amalga oshirilishi kerak.  

Fraksiyalarimizning birgalikdagi qarori asosida tuzilgan “Taraqqiyot bloki” mamlakatimizning rivoji, xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi. Nafaqat qonunlarni qabul qilish, balki jamiyatimizni birlashtirish, mamlakatimizning yagona qudratli davlat bo‘lishiga xizmat qilish “Taraqqiyot bloki”ning asosiy vazifasi bo‘ladi, — dedi partiya yetakchisi.  

Majlisda O‘zLiDeP va O‘zMTDP fraksiyalari ushbu blok orqali umumiy manfaatlarga erishish yo‘lida hamkorlikni yanada samarali yo‘lga qo‘yishi, bu tashabbus milliy manfaatlarga xizmat qilishi alohida ta’kidlanib, “Taraqqiyot bloki”ni tashkil etish to‘g‘risidagi bayonot haqidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi “Taraqqiyot bloki” bo‘yicha qaror qabul qilindi