Bir necha kun avval Fransiya janubidagi masjidda namoz o‘qiyotganda vahshiylarcha o‘ldirilgan Abubakir Sisse xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun kecha yuzlab odam Parijdagi Respublika maydonida namoyish uyushtirdi. Bu haqda “Euronews” xabar bergan.

Birdamlik karvoniga nodavlat tashkilotlar, siyosiy vakillar va diniy yetakchilar qo‘shilib, ayrim islomga qarshi kayfiyat bilan bog‘liq holatlarni tanqid ostiga oldi.

Fransiya yetakchilari hujumni qoraladi. Jumladan, Bosh vazir Fransua Bayru voqeaning islomofobik xususiyatini ta’kidladi.

– Qurbonning oilasi va hayratda qolgan namozxonlar bilan yelkama-yelkamiz, – dedi yuqori martabali mulozim. – Qotil qo‘lga olinishi va jazolanishi ta’minlanishi uchun barcha davlat resurslari safarbar qilindi.

Prezident Emmanuel Makron “Yurtimizda dinga asoslangan irqchilik va nafratga hech qachon o‘rin bo‘lmaydi”, dedi.

Rasmiylar fojianing asosiy gumondori kecha tunda Italiyada huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinganini aytdi. Xabarlarga ko‘ra, X.Olive ismli erkak bosniyalik, Liondagi diniy oilada tarbiyalangan 11 aka-ukadan biri.

Fransiya ichki ishlar vaziri Bruno Retaillo aytishicha, jinoyatchi voqeadan so‘ng ijtimoiy tarmoqqa video joylashtirgan va hatto “surunkali qotil”ga aylanishni istayotganini bildirgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parijda ommaviy norozilik...