"Parij-2024" normativlari tasdiqlandi
Xalqaro suzish federatsiyasi "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari uchun saralash davri muddati va normativlarini tasdiqladi.
Qayd etish joiz, belgilangan raqamlar avvalgi Olimpiya o‘yinlariga qaraganda ancha qisqa.
Jumladan, "Parij-2024" siklida suzuvchilar 2023 yil 1 mart sanasidan 2024 yilning 23 iyun kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida olimpiya yo‘llanmalari uchun kurash olib borishadi.
Bu davr o‘tgan Olimpiadalarga qaraganda eng qisqa muddat bo‘layotganligini alohida ta’kidlash kerak.
Ba’zi dasturlarda normativlar bir muncha murakkablashtirilgan.
Jumladan, Tokio-2020 yo‘llanmasi uchun erkaklar o‘rtasida 50 metrga suzish talabi 22.01 soniyani tashkil etgan bo‘lsa, bu gal 21.96 soniya etib belgilandi.
O‘zA