Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan WBC Gran-pri turnirida hamyurtimiz, Parij Olimpiadasi g‘olibi Lazizbek Mullajonov muvaffaqiyatga erishdi.
Farg‘ona boks maktabi tarbiyalanuvchisi Mullajonov og‘ir vaznli bokschilar jangida Panama vakili Marvin Mendosa bilan to‘qnash keldi. Turnir nizomiga binoan 6 raundlik jangning 3-raundida Lazizbek Mullajonovning ketma-ket zarbalari raqibini nokaut holatiga keltirdi. Shundan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi va bokschimizning texnik nokautli g‘alabasini e’tirof etdi.
Ushbu g‘alaba Lazizbekka iyun oyida WBC Gran-pri turnirining ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini taqdim etdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA