Paralimpiyachilarimizning navbatdagi medallari
Janubiy Koreyaning Seul shahrida davom etayotgan ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi V Butunjahon o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari munosib ishtirok etmoqda.
Janubiy Koreyaning Seul shahrida davom etayotgan ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi V Butunjahon o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari munosib ishtirok etmoqda.Suzish bo‘yicha ikkinchi kungi bahslarda hamyurtimiz Dmitriy Xorlin yana shijoat va matonat bobida tengsiz ekanini isbotladi. U 400 metrga erkin usulda suzishda eng yuqori natijani qayd etib, navbatdagi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Dmitriy 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi.
Butunjahon o‘yinlarining dzyudo bo‘yicha bellashuvlarida ham paralimpiyachilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida ishtirok etgan O‘tkir Nig‘matov barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.