Bugungi kunda paralimpiyachilarimiz erishayotgan ulkan g‘alabalar mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor samarasidir. Jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish, bilim olishi, salomatligini mustahkamlashi, o‘z qiziqish va intilishiga mos kasb-hunar egallashi, sport bilan shug‘ullanishiga qaratilayotgan doimiy e’tibor tufayli sportchilarimiz kuch va salohiyatda hech kimdan kam emasligini isbotlab kelayotir. Yurtimizda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning, shu jumladan, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Sohada amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar samarasi paralimpiyachilarimizning jahon va qit’a chempionatlarida, Paralimpiya va Paraosiyo o‘yinlarida erishayotgan yutuqlarida ham o‘z isbotini topmoqda. O‘zbekistonlik paralimpiyachilarning nufuzli musobaqalardagi ishtiroki va erishayotgan g‘alabalari soni tobora ortib bormoqda.  

Inson sha’ni ulug‘langan, uning tinch-osoyishta, farovon hayot kechirishini o‘zining bosh maqsadi etib belgilagan yurtdagina o‘sish, rivojlanish bo‘ladi. Xar bir fuqaro jamiyat ravnaqiga, Vatan obro‘sini yuksaltirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shish maqsadi bilan yashaydi. Ha, bugun paralimpiya harakati mamlakatimizda keng ommalashmoqda. Bu chekka-chekka hududlardagi imkoniyati cheklangan insonlarning sport bilan shug‘ullanishiga omil bo‘lmoqda. Ular orasida yangi chempionlar kamol topmoqda.  

O‘zbekistonda, paralimpiya harakati va uni yanada rivojlantirishga oid ko‘rsatkichlar, joriy yilgi «Besh tashabbus paralimpiadasi» ommaviy sport musobaqalariga tayyorgarlik jarayonlari, aholi orasida nogironligi bo‘lgan shaxslarni Paralimpiya sportiga yanada kengroq jalb etish borasida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va Milliy olimpiya qo‘mitasi faoliyati haqida O‘zA muxbiri, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi maslahatchisi Anvar Mursakulov bilan suhbatlashdi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/WW4ZtFy_RU4?si=WuOH5E0FPLYvm4-O" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Javohir Toshxo‘jayev, Doniyor Yakubov, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Paralimpiya sporti yuzasidan mutasaddi bilan suhbat (+video)