Paralimpiya öyinlari ğoliblari va jahon çempionlari Toşkentda kuç sinaşmoqda
Bugun, 2-noyabr kuni poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi” sport maydonida “Uzbekistan Para Athletics Open Championships 2026” xalqaro musobaqasi bölib ötadi.
Kelgusi yilning iyun oyida Toşkentda bölib ötadigan para yengil atletika böyiça jahon çempionati oldidan test musobaqasi sanalgan mazkur turnir para yengil atletikaning 126 ta dasturini qamrab oladi. Özbekiston oçiq çempionati maqomidagi bahslar 60 ta yuguriş, 27 ta yadro, 11 ta disk, 3 ta klab, 11 ta nayza uloqtiriş va 2 ta balandlikka hamda 12 ta uzunlikka sakraş musobaqalaridan iborat etib belgilangan.

Toşkent para yengil atletika xalqaro musobaqalarida iştirok etiş uçun yurtimizga Braziliya, Xitoy, Çexiya, Daniya, Gretsiya, Hindiston, Polşa, AQŞ singari 18 ta davlatdan 300 nafardan ortiq matonat sohiblari yetib kelgan.
Paralimpiya öyinlarining ğolib va sovrindorlari, jahon çempionati sovrindorlari iştirok etayotgan xalqaro turnir bahslari 4-noyabrga qadar davom etadi.
T.Röziyev,
ÖzA