Hindistonning Nyu-Deli shahrida para yengil atletika bo‘yicha davom etayotgan 12-Jahon chempionatining ortda qolgan sakkizinchi kunida mamlakatimiz vakillari yana bitta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Chempionatning erkaklar o‘rtasida T64 klassida tashkil etilgan balandlikka sakrash dasturida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Temurbek Giyazov 2.03 metr natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Ushbu natija orqali 29 yoshli sportchimiz Temurbek Giyasov shaxsiy rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Mazkur yo‘nalishda kumush medal buyuk britaniyalik Jonatan Brum Edvardsga(2.00), bronza medali esa Hindiston terma jamoasi a’zosi Pravin Kumarga (2.00) tegishli bo‘ldi.

Medallar jamg‘arish borasida 12 ta oltin, 18 ta kumush va 7 ta bronza bilan Braziliya terma jamoasi 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, keyingi pog‘onalarni Xitoy (9-18-14), Polsha(8-2-5) terma jamoalari band etgan.  

Shuningdek, Eron terma jamoasi hisobida 7 ta, Kolumbiya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Italiya, Shveysariya, Tailand vakillarida 6 tadan oltin medallar mavjud.

Mamlakatimiz para yengil atletikachilari 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medaliga ega chiqqan holda 100 ga yaqin davlat ichida 13-o‘rinni band etib turibdi.

5 oktyabr kuni jahon chempionatining so‘nggi kunida mamlakatimizning matonatli va irodali para yengil atletikachilaridan Nurxon Qurbonova, Madina Muxtorova, Sarvarbek Normetov, Boburjon Isomiddinov singari sportchilarimiz bahslarda ishtirok etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para yengil atletika: Jahon chempionatidagi medallarimiz soni 12 taga yetdi