Para velosportchilarimiz Osiyoda birinchi
Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahri mezbonlik qilgan para velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa para velosportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Jumladan, Osiyo chempionatida para velosportchilarimiz turli yo‘nalishlarda o‘tkazilgan bahslarda 15 ta oltin, 6 ta kumush hamda 2 ta bronza, jami 23 ta medalga sazovor bo‘lgan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Ma’lumot o‘rnida: Malayziyaning Nilay shahrida o‘tkazilgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin va 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA