Para taekvondochilarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatga erishdi
Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida parataekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatimizning matonatli sportchilari 13 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Qit’aning 18 ta mamlakatidan 100 nafardan ortiq parataekvondo ustalari ishtirok etgan murosasiz bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medaliga egalik qildi.

Chempionatda irodali para taekvondochilarimizdan Asadbek Toshtemirov (+80) va Guljanoy Naimova (+65) oltin, Muhamaddsodiq Usmonov (-58), Qizlarxon Isomiddinova (-47), Karomat Rustamova (-52), Roziya Ergasheva (-65) Zulfiya Bikbulatova (+65) kumush, Fayozbek Valijonov (-58), Qudrat Haydarov (-63), Javohir Aliqulov (-70), Qudratillo Sunnatov (-70), Umida Mamarajabova (-52), Kamola Rasulova (-57) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, 13 ta medal jamg‘argan terma jamoamiz a’zolari 18 ta davlat orasida kuchli uchlikdan o‘rin egalladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA