Para qilichbozlarimiz Turkiya turnirida 7 ta medalli bo‘ldi
Turkiyaning Mersin shahrida para qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro “Sattelit” turnirida mamlakatimizning matonatli para sportchilari 7 ta medalga sazovor bo‘ldi.
15 ta mamlakatdan irodali para sportchilar ishtirok etgan mazkur turnirda terma jamoamiz a’zolari 2 ta oltin va 5 ta bronza medallariga egalik qildi.
Mushketyorlar musobaqasining “B” toifasidagi sablya va shpaga dasturlarida kechgan bahslar natijasida terma jamoamiz a’zosi R.Jusipbayev 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Muhriddin Islomova Mehribon Jalgasova o‘z yo‘nalishlarida 2 tadan bronza hamda Gulzora Rahmonova shpaga dasturida bronza medalni qo‘lga kiritdi.

“Sattelit” turnirida munosib ishtirok etgan para qilichbozlarimiz umumjamoa hisobida Xitoy va Turkiya terma jamoalaridan so‘ng 3-o‘rinni band etdi.
Xalqaro turnirda sportchilarimizdan R.Jusipbayev eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etgani alohida e’tirof etildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA