Gruzianing poytaxti Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tayotgan para pauerlifting bo‘yicha Jahon kubogi O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Musobaqaning dastlabki kunida Umida Rajapova va Umida Ro‘ziyeva har biri 2 tadan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Sanjar Allaberganov ham o‘z vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Dildora Nurilloyeva esa 2 ta kumush medal bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston vakillari jami 5 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.  

Eslatib o‘tamiz, Jahon kubogi 12 mayga qadar davom etadi va unda dunyoning 25 davlatidan 140 nafarga yaqin para pauerliftingchilar ishtirok etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Para pauerlifting bo‘yicha terma jamoamiz Jahon kubogini 7 ta medal bilan boshladi