Buxoro viloyati Bojxona va DXX boshqarmalari tomonidan G‘ijduvon tumanidagi Sarmijon postida “Buxoro–Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan davlat raqami 80 D 088 RA bo‘lgan, “Isuzu” rusumli yuk mashinasi to‘xtatildi. Natijada G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, fuqaro D.A. boshqaruvidagi mashina tekshirilganda uning yukxonasida 1984 yilda tug‘ilgan, G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro M.T.ga tegishli 3 turdagi 10 ta qutiga joylashtirilgan pirotexnika vositalari aniqlandi.

Aniqlangan jami 300 blok “Premiya”–180 ming 160 ta, 150 ta “7 SHOTS”, 10 ta 36 zarbli “Korolevskiy Solyut” pirotexnika vositalarining taxminiy qiymati 105 million so‘mni tashkil etmoqda.

Hozir fuqaro M.T.ga nisbatan G‘ijduvon tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 2501-moddasi (Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish)ga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Paqildoq” sotuvchining rejasi amalga oshmay qoldi