Rim papasi Fransisk 21 aprel kuni 89 yoshida vafot etdi. Dunyoning turli burchaklarida ruhoniy yetakchi uchun 1,2 milliard katolik motam tutib, ta’ziya bildirdi.

Dunyoning chekkasidan kelgan papa

Xorxe Mario Bergolo 1936 yil Buenos-Ayresda italiyalik muhojir oilada tug‘ilgan besh farzandning eng kichigi edi. 21 yoshida u iyezuit ordeniga qo‘shildi. Seminariyada o‘qiyotganiga qaramay, yigit o‘zidagi Tangri xizmatiga moyillikni darhol anglamadi. Hatto, qiz bola do‘sti ham bor edi. Bir intervyusida u bolaligida qassoblikka qiziqib qolganini tan olgan. Shuningdek, ko‘plab italyan neorealistik filmlarini tomosha qilardi.

Fransisk, o‘zi aytganidek, bir kuni cherkov yonidan o‘tayotib, ichkariga kirish, ibodat qilish fursati kelganini his qildi. Ruhoniy bilan gaplashgach, hayotida nimadir o‘zgarganini sezdi. Qalbida “O‘zimni Xudoga bag‘ishlashim kerak” degan tuyg‘u paydo bo‘ldi.

Buenos-Ayres arxiyepiskopi kursisini egallaganda qahramonimiz allaqachon “xalq ruhoniysi” sifatida tanilgan edi. Rim-katolik cherkovi rahbari etib saylangandan keyingi ilk nutqida u o‘zini “dunyoning chekkasidan kelgan papa” deb atadi.

Birinchi bo‘lishni istamagan birinchi

Benedikt XVI (1927-2022) taxtdan voz kechganidan so‘ng 2013 yil 13 martda saylangan 266-Rim papasi tarixga birinchi Lotin Amerikasi va iyezuit papasi, Fransisk birinchi bo‘lib kirdi.

Xorxe Mario Bergolo Fransisk ordeni asoschisi, muqaddas yollanma monax nomini oldi. Undan oldin hech bir papa bunday nomni tanlamagan. Qizig‘i, u o‘zini monarx sifatida Birinchi, deb atamaslikni buyurdi. Axir, Fransisk ismli keyingi papa shundoq ham Ikkinchi bo‘ladi-da!

Ikki papa

Benedikt taxtdan voz kechishi haqiqiy axborot bombasi bo‘ldi. Vatikan 600 yil ichida birinchi marta sodir bo‘lgan bunday voqeani yumshatishga muvaffaq bo‘ldi. Fransiskning o‘zi Vatikanda deyarli 10 yil davomida hech qanday taxminga yo‘l qo‘ymasdan, “tirik papa” ishtirokida muvozanatni saqlashga muvaffaq bo‘ldi. Rim papasi va Rim-katolik cherkovi rahbari bir necha bor uchrashdi. Fransisk Benedikt XVI ni o‘zining ruhiy otasi, deb bilgan va 2023 yil boshida pontifik o‘zidan oldingi shaxsni Rim papasi uchun odatga ko‘ra Avliyo Pyotr soboriga dafn qilishni tashkillashtirgan.

Fransisk papa Benediktning dafn marosimini soddalashtirdi. U avvalroq Rimdagi Eskvilin tepaligidagi “Gran Madre di Dio” (Santa-Mariya-Majore) cherkoviga dafn etilishini buyurgan edi.

Fransisk hayotining kamtarligi u saylangandan keyin darhol qayd etila boshlandi. U bir vaqtlar konklav (papani saylash)ga kelgan kardinallarni qabul qilish uchun jihozlangan “Avliyo Marta uyi” mehmonxonasida yashash uchun Apostol saroyidagi papa qarorgohiga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi. Fransisk o‘zining muqaddas nomi kabi, hashamni suiste’mol qilmadi: papa hokimiyati ramzi – oltin xoch va baliqchining uzugi o‘rniga o‘zining eski monastir xochini saqlab qoldi va kumushdan uzuk buyurtma qildi. Bir vaqtlar ramziy qizil tufli o‘rniga kiyilgan eskirgan etik surati jahon ommaviy axborot vositalarida tarqaldi. U juda kamtarona Fiat mashinasini boshqargan.

Kambag‘allar uchun kambag‘al cherkov

Fransisk pontifikatining shiori “Kambag‘allar uchun kambag‘al cherkov” edi. Baxtsiz, kasal insonlar, iztirob chekayotganlar uning duo va va’zlari bosh qahramoniga aylandi. U qochqinlar fojiasiga alohida e’tibor qaratdi. Ba’zan, hatto, siyosiy to‘g‘rilikni ham unutdi. AQSH Prezidenti Donald Tramp haqida u shunday degan: Devor qurmoqchi bo‘lgan har bir kishi o‘zini yaxshi nasroniy, deb hisoblay olmaydi.

Fransisk bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lgan siyosatchilardan biri Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni.

Inqilobchi va islohotchi

Fransisk Rim-katolik cherkovini isloh qilish uchun tanlanganiga ishoniladi. Dastlabki 12 yillik pontifiklik davrida u asosan Vatikan moliyaviy siyosatini takomillashtirish yo‘lida ko‘p ish qildi. Boshqaruvning turli sohalaridagi innovatsiya ham unga tegishli.

Pandemiya va urushlar davri odami

Fransisk koronavirus pandemiyasi payti bo‘sh Avliyo Pyotr maydonida yolg‘iz ibodat xizmatini o‘tagani bilan esga olinadi.

U deyarli 10 yil oldin Ukraina va Rossiya qarama-qarshiligi, Yaqin Sharqdagi yangi davrdan oldin “parchalangan uchinchi jahon urushi” haqida ilk bor gapirgan. So‘nggi yillardagi voqealar uning bashoratini tasdiqladi.

Papaning asosiy niyatlaridan biri yirik nasroniy jamiyat mavjud Livanga sayohat qilish edi. Afsuski, sharoitlar bunga yo‘l qo‘ymadi. Binobarin, Fransisk Iroqqa – Mosulga tashrif buyurdi.

Va’zlarida u Suriya va Myanmani hech qachon unutmadi. 2022 yil fevralda Kongo Demokratik Respublikasi va Janubiy Sudanga sayohat qildi. Garchi, bu safarlar o‘sha mamlakatlarga tinchlik keltirmasa-da...

Endi nima bo‘ladi?

Rim papasining dafn marosimidan so‘ng kardinallar ko‘p asrlik an’anaga ko‘ra, Vatikanning Sikstina kapellasida yig‘iladi va kuniga ikki marta hozir bo‘lganlardan biriga ovoz beradi. 80 yoshga to‘lmagan iyerarxlar ovoz berish va saylanish huquqiga ega. Dastlabki uch bosqichda nomzod uchdan ikki qism ovoz olishi kerak, keyin esa mutlaq ko‘pchilik – 50 foiz plyus 1 ovoz lozim bo‘ladi.

Har bir ovoz berishdan so‘ng Avliyo Pyotr maydoniga olib boruvchi mo‘ridan tutun chiqadi. Tutun qora bo‘lsa, tanlov amalga oshirilmaydi, oq bo‘lsa, “Habemus papam” (papamiz bor) ma’nosi anglashiladi.

Muharrama Pirmatova tayyorladi. O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Papa Fransisk kim edi?