FOTOREPORTAJ

Panjob – Janubiy Osiyodagi tarixiy va geografik viloyat bo‘lib, Hindgang tekisligining shimoliy qismida joylashgan. Hind havzasidagi Jelam, Chinob, Ravi, Bias va Satlaj daryolaridan sug‘oriladi. Hudud nomi ham ushbu “Besh daryo” (“Panjob”) ma’nosidan kelib chiqqan. Jahon madaniyatining eng qadimiy markazlaridan biri – Xapappa madaniyati shu manzilda shakllangan.

Panjobni miloddan avvalgi VI asrda forslar, miloddan avvalgi IV asrda Aleksandr Makedonskiy qo‘shinlari, milodning boshida kushonlar bosib olgan. X asrdan XVIII asrning ikkinchi yarmiga qadar voha musulmon hukmdorlari qo‘lida bo‘lgan.  

[gallery-14868]

XVI asrda Panjob hududida sikhlar harakati boshlanib, natijada ular o‘z davlatini barpo etgan. Bu davlat ingliz-sikh urushlari (1845-1846 va 1848-1849) natijasida ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olingan. 1947 yilda Panjob hududi Hindiston bilan Pokiston o‘rtasida bo‘lib olinib, sharqiy Panjob Hindiston Respublikasi shtatiga, g‘arbiy Panjob Pokiston viloyatiga aylangan.

Hindistonning Panjob shtatida 30 million aholi yashaydi. Ma’muriy markazi Chandigarx, yirik shahri – Ludxianadir.

O‘zA fotomuxbiri Hotam MAMADALIEV olgan suratlar

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Panjob manzaralari