Dunyoning turli mintaqalarida oilaviy ajrim bilan bogʻliq holatlar yil sayin ortib bormoqda.

Dunyoning turli mintaqalarida oilaviy ajrim bilan bogʻliq holatlar yil sayin ortib bormoqda. Ayni kunda aksariyat ijtimoiy xavfli jinoyatlar sodir etayotgan ayollar va voyaga yetmagan bolalar notoʻliq oilalardan ekanligi kuzatilyapti.

 Yoki boʻlmasa, boshqa huquqbuzarliklar, odam savdosi qurbonlari, noqonuniy yoʻl bilan chet davlatlarga chiqib ketayotgan yoshlar, ayollar, albatta, bularning barchasi asosan ajralish oqibatida yuzaga kelgan hamda notoʻliq oilalarda boʻlayotgani achinarli.

Shunday ekan, ajrimlarning oldini olish dolzarbligini yoʻqotmaydigan masalalardan biri hisoblanadi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning 9 oyida yurtimizda 19 ming 970 ta ajrim holati FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 ming 608 taga kam.

Agar bu raqamlarni yillar kesimida (yanvar-sentyabr holatiga) kuzatadigan boʻlsak, qaysidir yillarda koʻrsatkichlar oshganini koʻrish mumkin.

Misol uchun, 2017-yil – 23,6 ming, 2018-yil – 23,8 ming, 2019-yil – 23,6 ming, 2020-yil – 20,0 ming.

Joriy yilning oʻtgan toʻqqiz oyi mobaynida FHDYO organlarida qayd etilgan ajrimlar soni boʻyicha esa eng yuqori raqamlar 2746 boʻlib, Toshkent shahri hisobiga toʻgʻri kelmoqda. Shuningdek, Andijon – 2271 ta, Toshkent viloyati – 2074 ta, Samarqand – 2058 ta, Fargʻona – 1988 tani tashkil etishi bilan yuqori oʻrinni egallagan.

Qayd etish kerakki, 9 oyda eng kam ajrim holatlari Navoiy viloyatida boʻlib, 669 tani tashkil etgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pandemiyada davrida mamlakatimizda ajrimlar soni kamaydi
Жамият
11:47 / 26:10:2020