COVID-19 ning ikkinchi to‘lqini Yevropani qamrab olmoqda. Britaniyaning Arup Yengineyering Consulting Company kompaniyasi chop etgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Yevropaning yirik shaharlarida yashovchilarning 40 foizdan ortig‘i kichik shaharlarga ko‘chib o‘tishni istashadi.
Arup Yengineyering Consulting Company London, Parij, Milan, Madrid va Berlin shaharlarida yashovchi 5 mingga yaqin aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi va shu xulosaga keldi.
Reyter axborot agentligi xabar berganidek, londonliklarning 59 foizi bu yerdan “qochib”, kichik shaharda yashashni xohlaydi, parijliklar va berlinliklar nisbati mos ravishda 41 va 30 foizni tashkil etadi.
So‘rovda qatnashgan londonliklar orasida 40 foizi epidemiya paytida Londonni tark yetib, aholisi kam bo‘lgan joylarda yashagan.
Shohida Jalilova