Agar Petr Chaykovskiy qaynatilmagan suv ichmaganida, Petr I ning nabirasi chechakka chalinmaganida, Anton Chexov sil bilan og‘rimaganida bugungi dunyo butunlay boshqacha bo‘larmidi?
Xavfli kasalliklarga qarshi o‘z paytida chora ko‘rilmaganda edi, insoniyat yer yuzidan qirilib ketishi aniq edi. Insonlar hech qachon xavfli kasaliklardan himoya qilinmagan. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashni o‘rganish uchun yuz yillar vaqt sarflangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tarixida “pandemiya” degan tushuncha bor. Bu bir vaqtning o‘zida bir nechta mamlakatda qayd qilingan global epidemiyani anglatadi.
Pandemiya tufayli butun boshli qishloqlar, orollar yo‘q bo‘lib ketgan. Agar bu kasalliklarga qarshi davo topilmaganda edi, ko‘plab olim, yozuvchi, bastakor, rassomlar bevaqt xayotdan ko‘z yumgan bo‘lardi.
Bugun biz insoniyat boshiga balo yog‘dirgan, shu bilan birga dunyoni o‘zgartirib yuborgan ayrim kasalikllar xaqida qisqacha ma’lumot beramiz.
Yaqin-yaqingacha o‘lat eng xavfli va davosi yo‘q kasalik sifatida ko‘rilardi. Bu kasallikni yuqtirganlarning 95 foizi vafot etgan. Tarixda uch marta yuz bergan global epidemiya tufayli “qora o‘lim” nomini olgan o‘lat millionlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Eramizning 541 yilida imperator Yustinian I xukmronligidagi Sharqiy Rim imperiyasi xududlarida “Yustinian” nomini olgan o‘lat paydo bo‘ldi. O‘lat o‘sha davrning yarim dunyosini — Yaqin Sharq, Yevropa va Sharqiy Osiyoni qamrab oldi. Ikki asr maboynida kasallik oqibatida 100 milion kishi hayot bilan bevaqt vidolashdi.
Tarixchilarning yozishicha, epidemiya o‘zining eng avjiga chiqqan 544 yilda Konstantinopolda har kuni 5 mingga yaqin kishi xalok bo‘lgan. Oxir oqibat shahar aholisining atigi 40 foizi yashab qolgan. Birgina Yevropada 25 million kishining bevaqt nobud bo‘lgani aytiladi.
O‘latning ikkinchi pandemiyasi 15 asr o‘rtalarida Xitoydan tarqala boshlandi. O‘lat o‘rmon yong‘ini tezligida butun Osiyo va Yevropani qamrab oldi, hatto Shimoliy Afrika va Grenlandiyagacha yetib bordi. O‘rta asrlar tibbiyoti o‘latga qarshi tura olmadi va buning oqibatida ikkita o‘n yillikda kamida 60 million kishi hayot bilan bevaqt vidolashdi. Ayrim mintaqalarda teng yarim aholi xalok bo‘ldi.
6 million kishining boshiga yetgan Uchinchi o‘lat pandemiyasi 19 asrda yana Xitoyda paydo bo‘ldi va 20 asr boshlarida Hindistonda barham topdi.
O‘lat bilan bog‘lik pandemiyalar iqtisod, madaniyat va har qanday rivojlanishni izdan chiqarib insoniyatni bir necha yillar orqaga uloqtirib tashladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchi o‘lat tayoqchasi 1894 yilda kashf qilindi. Unga qarshi dori esa XX asr boshlarida yaratildi. O‘lat qurbonlari ruyxatiga Rim imperatorlari Mark Avreliy va Klavdiy II, Vizantiya imperatori Konstantin IX Monomax, rus rassomi Andrey Rublev, italiyalik rassomlar Andrea del Kastano va Titsian Vechellio, fransuz dramaturgi Aleksandr Ardi va eston haykaltaroshi Kristian Akkermanlarning ismi shariflarini kiritish mumkin.
Birinchi jahon urushi avjiga chiqqan bir vaqtda insoniyat tarixida “Ispan grippi” nomini olgan yangi pandemiya paydo bo‘ldi. Kasallik Ispaniyada paydo bo‘lgani bois uni “ispanka” deb atay boshlashdi. 1918 yilning birinchi oylarida jahon mamlakatlari aholisining 3–5 foizi halok bo‘ldi. Virus odamlarga yovvoyi parrandalardan yuqqani aytiladi. Gripp 20-40 yoshlarda bo‘lgan yosh va sog‘lom odamlarni yostiqqa bog‘lab qo‘ydi. Ayrim holarda virusni yuqtirgan kishilar bir kuning o‘zida vafot etish xollari ham kuzatildi.
Poyezd, dirijabl, kema kabi texnikalar kasallikning boshqa mintaqalarga tarqalishiga sabab bo‘ldi. Alyaskadan to Janubiy Afrikagacha bo‘lgan mintaqalarda butun boshli qishloqlar yo‘q bo‘lib ketdi. Qo‘l berib ko‘rishishning taqiqlanishi, niqob taqishning majburiyligi kabi ko‘rilgan choralar ham kasallik ustidan g‘alaba qozonishga olib kelmadi.
Vabo qadim-qadimdan insoniyatning “hamrohi” bo‘lib keladi. Biroq eng halokatli davr XIX va XX asrlarga to‘g‘ri keldi. 1816 yildan 1966 yilga qadar yer yuzida yettita vabo pandemiyasi kuzatilgan. XIX asrning birinchi choragida yevropaliklar vabo epidemiyasidan aslo qo‘rqish kerak emas degan hayolda edilar. Chunki vabo faqat qashshoq mamlakatlardagina paydo bo‘lishiga ishonishar edi.
Biroq Hindistonda yuz bergan vabo oqibatida 10 mingdan ortiq britaniyalik askar xalok bo‘lganidan keyin muammo nechog‘liq dolzarb ekanligi anglab yetildi.
1817 yilda Osiyo vabo epidemiyasi G‘arbga yetib bordi. Shundan so‘ng ilk bor Afrikani qamrab oldi. 1883 yilda Robert Kox tomonidan vaboga qarshi davo topildi. Shu tariqa kasalikka qarshi jiddiy kurash boshlandi.
Agar 1880- yillarda bu kasallik tufayli har yili o‘rtacha 3 million kishi vafot etgan bo‘lsa, bugungi kunda 100 mingdan 130 mingacha inson vabo qurboniga aylanadi.
Qora suvchechak ustidan bugungi kunda to‘laligicha zafar qozonilgan. So‘nggi bor bu kasallik tufayli o‘lim bilan bog‘liq hodisa 1977 yili Somalida qayd qilingan edi.
XX asrda mazkur virusdan 300 milliondan 500 milliongacha kishi xalok bo‘lgan edi.
Birinchi epidemiya IV asrda Xitoyda kuzatilib, keyinchalik Koreya, Yaponiya va Hindistonga tarqalgan edi.
Olimlarning fikricha, “qora suvchechak” ilk bor tuyalarda kuzatilib, keyin insonlarga yuqqan. Bu kasallik oqibatida Angliya qirolichasi Mariya II, Fransiya qiroli Lyudovik XV, taxtda atigi yetti oy o‘tirgan 17 yoshli Ispaniya qiroli Luis I, Petr Birinchining 14 yoshli nabirasi Petr II va Yaponiyaning uch nafar imperatori vafot etgan.
Agar nomlari qayd etilgan qirol va imperatorlar tirik qolganida edi o‘sha davr dunyosi albatta boshqacha izdan ketishi aniq edi.
XIX asrda sil kasalligi Yevropa katta yoshdagi aholisining chorak qismining umriga zomin bo‘ldi. XX asrda sil tufayli jaxonda 100 millionga yaqin kishi vafot etdi. Sil tayoqchalari Robert Kox tomonidan 1882 yilda kashf etilgan bo‘lishiga qaramay, hamon insoniyat bu kasallikdan butunlay halos bo‘la olmayapti. Olimlarning fikricha, bugungi kunda yer yuzi axolisining uchdan bir qismi sil tayoqchalarini yuqtirib olgan. Har soniyada bir kishining silga chalinishi aytiladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2013 yilda 9 million kishi silga chalingan bo‘lib, shundan 1,5 millioni vafot etgan. Bu kasallik o‘lim keltirish bo‘yicha OITSdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Silga chalingan bemorning bir marta aksirishi yonidagi kishiga virusni yuqtirishga olib keladi.
Biroq ko‘rilayotgan chora tadbirlar o‘z samarasini berayotganidan ham aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi. 2000 yildan beri shifokorlar 40 milliondan ortiq kishining hayotini saqlab qoldi. Bu kasallik tufayli yozuvchilar Anton Chexov, Ilya Ilf, Konstantin Aksakov, Frans Kafka, Emiliya Brontelar vafot etishgan.
Sharofiddin To‘laganov