Bu soʻzning lugʻaviy maʼnosi, albatta, boshqacha.

Uyda qoling!

Bu soʻzning lugʻaviy maʼnosi, albatta, boshqacha. Lekin shu kunlarda men unda “pand” oʻzagini ajratib, oʻzimcha turli xayollarga boryapman-da. Oʻz tilimizda bu soʻz maʼnosini koʻradigan boʻlsak, pand yemoq – aldanmoq, aldab ziyon yetkazmoq yoki pand bermoq – pand nasihat qilmoq, oʻgit bermoq maʼnolari anglanadi. Bu maʼnolar bugungi kunimizga mos keladigandek. Shunday emasmi?

Ikki oydirki karantindamiz. Xayrli boʻlsin! Har bir ishning bir xayrli tomoni boʻladi, deyishadi. Bizning xalqimiz nihoyatda qalbi toza, bagʻrikeng. Mehnat qilib peshona teri bilan kun koʻradi. Nazarimda, karantin paytida ham hech kim yotib olgan emas. Belgilangan tibbiy-sanitariya qoidalariga amal qilgan holda dehqon dehqonchiligi, tadbirkor ishbilarmonligi, oʻqituvchi taʼlim-tarbiya berish ishi bilan shugʻullanayapti. Baʼzan uyda ijod qilib oʻtirar ekanman, oʻylayman – xayrli tomoni shu boʻlsa kerak-da bir necha yildan buyon topshirolmayotgan “Kechinmalar poetikasi uslubiy mahorat qirralari” nomli ilmiy-ommabop risolalar toʻplamimni taxlab topshirdim. Shu ikki oy davomida yozgan ikki dostonim va bir necha sheʼriy asarlarimni yigʻib, “Tavajjuh” nomi bilan noshirlarga taqdim etdim. Hozir sheʼrlar toʻplamim ustida ishlayapman. Uch yildan buyon oʻtirib ishlashga vaqt topolmay birorta ham kitob chop ettirolmagandim. Endi shularni hissasini chiqarishim kerak. Lekin baribir ichimda bir savol aylanaveradi – “Nima qilyapsan?”.

Kitob oʻqishga vaqt topolmasdik. Yonimga qarasam, stol ustida oʻqilgan kitoblar taxlanibdi. Gabriel Garsia Markesning ”Buzrukning koʻzi” romani, Jaloliddin Rumiyning “Ichindagi ichindadir” nomli falsafiy-maʼrifiy risolasi, Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” nomli hikoyalar va hidoyatlar toʻplami. Yana bir qator sevimli shoiru shoiralarimning kitoblari. Qaniydi shu kitoblarni hamma oʻqisa, degan fikr oʻtadi koʻnglimdan.

“Nasoyim ul-muhabbatni”ni qoʻlimga olaman. Bu kitobdagi hikoyat va hidoyatlarni Olimjon Davlatov nasriy bayon etgan. Mana ulardan biri – nafs istagi haqida:

“Ato Binni Sulaymon bemor edi. Quyosh tigʻida yotgandi.

Dedilar: — Nega soyaga borib yotmaysan?

Dedi: — Soyaga borardim, ammo qoʻrqamanki, degaylar, nafs istagida qadam qoʻyding!”

Qarang, bugun biz nafsimizning xoʻjasi boʻla olamizmi? Boʻlolmasak buning sababi nimada? Bizga nima yetishmayapti?

Ertalab, ishga borish uchun yoʻlga chiqaman. Avtobus, taksi yoʻq. Xususiy mashina kelib toʻxtaydi. Boradigan manzilimni aytib, yoʻlkirani soʻrayman. Avvalgidan ikki barobar qimmat narxni aytadi. “Tavba, hozir odamlar koʻchaga zarurat uchun, majburlikdan chiqadi. Roʻzachilik, savob degan narsalar qayerda qoldi?” deb oʻylayman. Va beixtiyor Ato Binni Sulaymonning nafsi yodimga tushib, unga taʼzim qilgim keladi.

Yana bir hikoyatda nafs va maʼrifat haqida shunday deyiladi:

“Husayn Mansur Hallojning oʻgʻli Ahmad dediki, otamning soʻnggi kechasida undan vasiyat talab qildim.

Dedi: – Nafsing seni bir shugʻulga solishidan oldin nafsingni bir nima bilan mashgʻul qil!

Dedim: – Vasiyatga bir nima qoʻshing.

Dedi: – Barcha xizmatga kirishgan paytda sen bir nimani oʻzlashtirmoqqa harakat qilkim, uning bir zarrasi ikki olam ilmidan ulugʻroq va yaxshiroq boʻlgay.

Soʻradim: – Ul nedur?

Dedikim: – Maʼrifat.

Maʼrifat soʻzining lugʻaviy maʼnosi “kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlim-tarbiya”dir. Ana shu soʻzning antonimi esa johillik. Endi oʻzingiz oʻylang – nima uchun yurtimizda jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurishish mohiyatini.

Yana kitobni varaqlayman:

“Xoʻja Abdulloh Ansoriy debdurkim, Ismoil Dabbos dedikim, haj niyatida safarga chiqib, Sherozga yetishdim. Bir masjidga kirib, Shayx Moʻmin Sheroziyni koʻrdimki, oʻtirib, xirqasiga yamoq solardi. Salomlashdim va oʻtirdim.

Mendan soʻradi: – Ne niyating bor?

Dedim: – Haj niyatim bor.

Dedi: – Onang bormi?

Dedim: – Bor!

Dedi: – Qaytib onang xizmatiga bor!

Bu soʻz menga xush kelmas edi.

Dedi: – Nega toʻlgʻonasan? Men bosh yalang, oyoq yalang, yolgʻiz va ozuqasiz ellik marta haj qilganman. Barchasini (savobini) senga berdim. Sen onang koʻngli shodligini menga ber!”

Olloh har birimizni maʼrifatga oshno qilsin! Qoʻlimdagi kitobni qoʻyib yana sheʼr yozishga tushaman...

Erta-indin uylarimiz nurga toʻlar,

Qalbimizga quyosh kirar bir charogʻon.

Yurtimizning boshidagi dardi arib,

Koʻchalarda bayram boʻlar shod-u xandon.

Erta-indin toʻrtta taraf xavotirsiz,

Bir-birovga quchoq ochib boqamiz biz.

Oʻpkamizni havolardan toʻsib turgan,

Niqoblarni oʻtga tashlab, yoqamiz biz!

Erta-indin guzarlarda toʻylar boʻlar,

Guldek yashnab, iforlarga tutinamiz.

Yer-u osmon xavfsiz boʻlar, shu laʼnati,

Tojdor virus balosidan qutilamiz.

Bugun esa, uyda qolib, sabr bilan,

Oʻzimizni bir oz cheklab, kutayapmiz.

Karantinning tartiblarin koʻzda tutib,

Ham oʻqib, ham sizga dilxat bitayapmiz.

Har ne qora niyatlarni yoʻlin toʻsib,

Birikamiz, bu kurashda haq boʻlamiz.

Ezguliklar tomon shaxdam odimlagan,

Gʻalabasi buyuk, bitta xalq boʻlamiz.

Erta-indin koʻchalarda shodon chopib,

Bizni qarshi olar, qa-a-y-noq, hayotimiz.

Bugun esa bir oz maxzun, bir oz oʻktam,

Dunyolarga boʻylab turar, bayotimiz...

Jumagul SUVONOVA,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
PANDEMIYA...