Palma orolida vulqon yana otila boshladi
Palma (Ispaniyaning Kanar orollari) orolida vulqon otilishi yana boshlandi, deb xabar bermoqda Kanar orollari vulqonshunoslik instituti.
Dushanba kuni ertalab institut olimlari vulqon otilishi to‘xtagani haqida ma’lum qilgandi, biroq mutaxassislar vulqon butunlay to‘xtadimi yoki vaqtinchalikmi, aniq aytolmagan.
Institutning Twitterdagi so‘nggi xabarida vulqon yana otilayotgani tasvirga tushirilib e’lon qilgan "Vulqon otilishi bir necha daqiqa avval boshlandi. Lava otilib chiqmoqda", – deyiladi xabarda.
Palma orolida vulqon otilishi 19 sentyabrda boshlangan edi. Shundan buyon mutaxassislar hisob-kitobi bo‘yicha, lava 200 gektar yerni qoplagan, 450 dan ortiq bino yonib kulga aylangan, ularning aksariyati aholi turar joylari ekani aytilmoqda. 6 mingdan ziyod kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi. Kanar orollari vulqonshunoslik instituti bashoratiga ko‘ra, bu hodisa 24 kundan to 84 kungacha davom etishi mumkin.