Bugun shahar va tumanlarimizda dorixonalar soni ko‘payib bormoqda. Ularda sotilayotgan dori-darmon va tibbiy vositalarning sifati va ishonchliligi qay darajada?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, aholisining daromadi past va o‘rta bo‘lgan mamlakatlarda muomalada bo‘lgan har o‘nta tibbiy mahsulotdan bittasi sifatsiz yoki soxtalashtirilgan. Bu esa, o‘z navbatida, bemorlar tomonidan kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun samara bermaydigan dori-darmonlar qabul qilinishini bildiradi. JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, qalbaki va qo‘lbola dorilar aholining eng zaif qatlamlariga kuchli ta’sir qiladi va natijada jiddiy kasallik yoki o‘limga sabab bo‘ladi. 

Shu maqsadda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi farmatsevtika sohasida davlat nazoratini kuchaytirish tashabbusini ilgari surmoqda. 

Bu sohadagi nazoratni kuchaytirish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida «Dori-darmonlar va tibbiy vositalar narxlarini davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi fuqarolar salomatligini muhofaza qilish, dori vositalarining mavjudligi va sifatini ta’minlash, shuningdek, jamiyatda ijtimoiy adolat va barqarorlikni saqlash nuqtai nazaridan juda katta ahamiyatga molik. 

Davlat nazoratini kuchaytirish odamlar salomatligi va hayotiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari bozorga kirib kelishining oldini olishga yordam beradi. Davlat nazorati bozordagi barcha dori vositalarining belgilangan sifat standartlariga javob berishini va zarur tekshiruvlardan o‘tishini ta’minlashga ko‘maklashadi. 

Ayni kunlarda davom etayotgan saylovoldi tashviqot-targ‘ibot tadbirlarida partiyaning ushbu tashabbusi inson salomatligini saqlash va sifatli tibbiy vositalar bilan ta’minlashda dolzarb ekani ta’kidlanmoqda. 

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zXDP farmatsevtika sohasida davlat nazoratini kuchaytirish tarafdori 