"O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatida tizim yoshlari va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jamiyatning ijroiya apparati mas’ullari, respublika hududlaridagi gaz transport tizimida faoliyat yuritayotgan faol yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi. Tizimdagi yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlarining yillik faoliyati, ularning tashabbuslari va natijalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, mehnat jamoasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarda ishtirok etish va ish samaradorligini oshirish yo‘nalishidagi ishlar tahlil qilindi. 

Unda faoliyat davomida erishilgan natijalarni yanada kuchaytirish, yangi innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, tadbir qatnashchilari mehnatda katta fidoyilik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan xodimlarga samimiy minnatdorlik izhor etdi. Ular orasidan eng faol ishtirokchilar alohida e’tirof etildi.  

"O‘ztransgaz" AJ rahbariyati yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Yig‘ilishda ushbu yo‘nalishda yangi bosqichga o‘tish, jamoada hamkorlik muhitini yaratish va professional rivojlanish uchun imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.  

"O‘ztransgaz" AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi Lola Sharipovaning so‘zlariga ko‘ra, mazkur yig‘ilish tashkilot tizimidagi barcha xodimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlarni belgilab olishga xizmat qiladi.  

–Joriy yilda “O‘ztransgaz” yoshlar va xotin-qizlar uchun bir qator samarali tashabbuslarni amalga oshirdi. Qator  dasturlar, ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha treninglar va liderlikni rivojlantirish kurslari orqali xodimlarimizning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Inklyuzivlikka va iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bu sa’y-harakatlarimiz nafaqat jamoamizning salohiyatini oshirish, balki tashkilotimizning yanada faol va innovatsion madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Biz ushbu yutuqlarimizdan faxrlanamiz va kelgusi yilda bu boradagi ishlarni yanada kengaytirishni rejalashtirganmiz, –dedi L.Sharipova.  

Tadbir yakunida 2025 yil uchun rejalar tuzildi. Yil davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan tadbirlarning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.  

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘ztransgaz"da yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi