“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi v.b. Ahmad Suvanqulovning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murojaati:

Hurmatli yurtdoshlar, jamoatchilik vakillari, soha xodimlari hamda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlaridan foydalanuvchi iste’molchilar!

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, mablag‘larning manzilli va maqsadli sarflanishini ta’minlash maqsadida tizimli hamda doimiy nazorat yo‘lga qo‘yilgan.

Tizimda korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar o‘z natijasini bermoqda. Buni quyidagi raqamlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi reyting baholash natijalariga ko‘ra, “O‘zsuvta’minot” AJ 2022 yilda 66 ball, 2023 yilda 80 ball (+14), 2024 yilda esa 84 ball (+4) natijani qayd etdi.

Hududiy va tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, manzilli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va undagi tadbirlarni amalga oshirish ustuvor vazifa etib belgilangan.

2025 yilning birinchi yarmi davomida aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining bevosita tashabbusi va topshirig‘i asosida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan jami 198 ta o‘rganish o‘tkazilib, 14 milliard so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan, 60 ta material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Shuningdek, korrupsiyaviy holatlar yuzasidan jami 37 nafar xodimga nisbatan xizmat tekshiruvlari o‘tkazilgan. Ularning natijalariga ko‘ra, 5 nafar xodimga “hayfsan”, 5 nafarga esa “ish haqidan jarima” tarzida intizomiy choralar qo‘llangan, 14 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Korrupsiyaga moyil xodimlarni tizimdan tozalash ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jamoada “korrupsiya uchun javobgarlik muqarrar” degan qat’iy ijtimoiy fikrni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni aybdor shaxslardan undirish choralari ko‘rilmoqda. 2025 yilning birinchi yarmida jamiyat manfaatlariga yetkazilgan 2,3 milliard so‘mlik moddiy zarar tergovga qadar undirilgan.

Tizim tashkilotlarida moliyaviy operatsiyalar ustidan korrupsiyaga qarshi doimiy monitoring yo‘lga qo‘yilib, 1,5 milliard so‘mlik jamiyat mablag‘larining maqsadsiz sarflanishining oldi olingan. 

2025 yilning birinchi yarmida tezkor aloqa kanallari orqali jami 374 ta korrupsiyaga oid murojaat qabul qilinib, ularning barchasi xolis va alohida e’tibor bilan o‘rganilgan.

Hududlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 344 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan. OAV orqali amalga oshirilgan targ‘ibot choralari orqali fuqarolarning xabardorligi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’sirchan ijtimoiy roliklar tayyorlangan.

Ichki nazorat tuzilmalari xodimlari tomonidan aksiyadorlik jamiyati xodimlari va yangi ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bilan 2189 ta individual profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Suhbatlar davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berilgan.

Sohada raqamlashtirish orqali korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda:

  • “Suv Dispetcher” yagona dispetcherlik tizimi joriy etilib, maxsus avtotransport va avariya brigadalarining harakatlarini optimallashtirish, murojaatlarni monitoring qilish imkoniyati yaratilgan. Shu bilan birga, maxsus avariya brigadalari 67 dona zamonaviy planshet bilan ta’minlangan;
  • “Suvo‘lchagichxizmati” AJ tomonidan iste’molchilar va arizalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim joriy etilgan bo‘lib, ayni paytda uni takomillashtirish ishlari olib borilmoqda;
  • Fransiyaning “Suez” kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrining ichimlik va oqova suv tarmoqlari geoaxborot tizimiga kiritilib, tarmoqlarni boshqarish elektron shaklga o‘tkazilgan.

O‘z navbatida, korrupsiyaga qarshi kurashishda sobit siyosiy irodamizni namoyon qilish maqsadida korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni yaratish, zamonaviy yechimlar orqali korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilab olganmiz. Sohamiz faoliyatiga nisbatan xalqimizning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan korrupsiya muammosini bartaraf etish bo‘yicha ham aniq dasturimiz bor:

  1. Kelgusida jamiyat faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratiladi, ochiqlik va shaffoflik darajasi oshiriladi;
  2. Jamiyat tomonidan aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar sohasini to‘liq raqamlashtirish, suv iste’molida masofadan ma’lumot uzatuvchi hisoblagichlarni qo‘llash ko‘lami yanada kengaytiriladi;
  3. Aholini ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha barcha loyihalarni ochiq e’lon qilish orqali masofaviy monitoring qilish imkoniyatlari vujudga keltiriladi;
  4. Ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan faol konstruktiv hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi hamda ularning jurnalistik surishtiruvlar o‘tkazishlari rag‘batlantiriladi;
  5. Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining salohiyati, bilim va ko‘nikmalari muntazam oshirib boriladi va ularning faoliyatini samarali tashkil qilish uchun zarur axborot texnologiyalari va sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi, boshqaruv jarayonlari korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;
  6. Fuqarolar va xodimlar o‘rtasida halollik muhitini yaratish va korrupsiyaga qarshi “halollik vaksinasi” bilan emlash uchun zamonaviy targ‘ibot texnologiyalari safarbar etiladi.

Hurmatli fuqarolar, qadrli iste’molchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari!

Erishilgan natijalar – bu jamoaviy mehnat mahsulidir. Ularni mustahkamlash va yanada yuqori bosqichga olib chiqish uchun jamoatchilik, faollar va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni kuchaytirishimiz zarur. Bu yo‘lda Sizning hamkorligingiz va ko‘magingiz biz uchun muhim.

Bu borada tashkilotimizda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha muhim yo‘nalish sifatida aholining murojaatlari bilan tezkor va sifatli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilganligini eslatib o‘tmoqchiman: 55-503-10-55 raqamli “Ishonch telefoni”, anticor@uzsuv.uz elektron manzili, @UzsuvAnticorruptionBot telegram-boti, 24/7 rejimida ishlovchi 12-55 qisqa raqamli Call-markaz hamda rasmiy veb-sayt (https://uzsuv.uz/uz/contact-us) orqali murojaat qoldirish imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatining 19 ta hududiy va tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilma xodimlari uchun maxsus ishonch telefonlari yo‘lga qo‘yilgan.

Shu o‘rinda, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va tizimda shaffoflikni ta’minlash maqsadida aksiyadorlik jamiyatimiz tasarrufidagi barcha xodimlar, fuqarolar, jamoatchilik faollari va ommaviy axborot vositalari vakillarini uzviy hamkorlikka chorlayman.

Hurmatli yurtdoshlar! Agar Siz quyidagi holatlarga duch kelsangiz:

  • suv ta’minoti xodimi Sizdan pul talab qilsa;
  • ichimlik suv hisoblagichini qiyoslovdan o‘tkazish uchun ortiqcha mablag‘ so‘ralsa;
  • qarzdorlikni bartaraf etish evaziga tamagirlikka yo‘l qo‘yilsa;
  • ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlariga noqonuniy ulanishingizga undalsangiz;
  • yoki boshqa har qanday korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz – darhol yuqoridagi aloqa kanallari orqali murojaat qiling.

Korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari shubhasiz, sir saqlanishi kafolatlanadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zsuvta’minot” rahbari  korrupsiyaga karshi kurashish bo‘yicha aholiga murojaat bilan chiqdi